Monyushko Stanislav




Stanislav Monyushko (Moniuszko) (1819.5.5, Minsk yaqinidagi Ubel qishlogʻi — 1872.4.6, Varshava) — polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vilnyus (1840— 58), Varshava (1858-yildan) opera teatrlarida dirijyor, Varshava konservatoriyasida professor (1864-yildan). Birinchi milliy opera ("Galka", 1848), mumtoz kamer vokal asarlari (400 dan ortiq qoʻshiq, romans va boshqalar), bir nechta vodevil va operetta, 6 messa, rekviyem, kantatalar, simfonik asarlar muallifi. Musiqa uslubi ifodaviy vositalarning xalqchilligi, mavzularning kuychanligi, lirik kayfiyatga boyligi, folklor ohanglaridan keng foydalanganligi, sahna asarlari esa musiqiy obrazlarning yorqinligi, dramaturgik mahorati bilan ajralib turadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz