Montro konvensiyasi
Montro konvensiyasi bu 1936-yilda imzolangan xalqaro shartnoma boʻlib, ushbu konvensiya orqali Turkiyaga qarashli Istanbul va Dardanel boʻgʻozlarining nazorat qilinishi hamda harbiy kemalarning oʻtishini tartibga solish masalasi hal qilingan. Bu konvensiya Turkiyaga boʻgʻozlar ustidan toʻliq nazorat qilish imkonini beradi hamda tinchlik davrida fuqaro va savdo kemalarining erkin oʻtishini kafolatlaydi. Konvensiya Qora dengiz boʻyida joylashmagan mamlakatlarga tegishli harbiy kemalarning oʻtishiga cheklovlar qoʻygan. Shartnoma talablari koʻp yillar davomida munozaralarga sabab boʻlgan. Bu konvensiya Sovet Ittifoqiga qarashli flotga Oʻrta yer dengiziga kirish huquqini ham bergan edi. Konvensiya imzolanishi bilan 1923-yilda imzolangan Lozanna shartnomasi doirasidagi Boʻgʻoz konvensiyasining oʻrnini egallagan. Ushbu kelishuvdan soʻng Xalqaro Boʻgʻozlar Komissiyasi oʻz faoliyatini tugatgan.
Turkiya Lozanna shartnomasi bilan imzolangan Boʻgʻozlar konvensiyasi tufayli kiritilgan cheklovlardan doimo xavotirda edi. Qurollanish poygasining qayta boshlanishi bilan konvensiya imzolangan paytdagi qurolsizlanish umidiga ishongan Turkiyaning bezovtaligi sekin-asta ortib borgan. Turkiya bu tartibsizliklarni hal qilish maqsadida boʻgʻozlar maqomini imzolagan davlatlarga uni oʻzgartirish taklifini berganida davlatlarning deyarli barchasida bu boradagi umumiy yakdil qarashni koʻrgan edi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining 1936-yil 23-iyuldagi notasida shunday deyilgan: „Turkiyaning Boʻgʻozlar konvensiyasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi talabi asoslidir“.
Boʻgʻozlar maqomi va kemalarning tranzit rejimidan doimo manfaatdor boʻlgan Buyuk Britaniyaning koʻmagi bilan Bolqon Antantasining doimiy kengashi yigʻilishida Turkiyaning taklifini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilinadi. 1936-yil 4-may Belgradda Turkiya tashabbusi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanadi. Konvensiya 1936-yil 22-iyun kuni Shveysariyaning Montro shahrida oʻz ishini boshlaydi. 1936-yil 20-iyulda Bolgariya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Gretsiya, Yaponiya, Ruminiya, Sovet Ittifoqi, Yugoslaviya va Turkiya tomonidan imzolangan yangi Boʻgʻozlar konvensiyasidan soʻng Turkiyaning cheklangan huquqlari tiklandi va boʻgʻozlar nazorati Turkiyaga topshirildi. Turkiya Sovet Ittifoqi bilan tuzgan hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi paktga muvofiq bu konvensiya Sovet Ittifoqi tarafidan ham qoʻllab-quvvatlandi. Konvensiya 1936-yil 9-noyabrdan boshlab kuchga kirdi. 1936-yil 11-noyabrda Millatlar Ligasining Konvensiyalari seriyasi roʻyxatiga olindi. Bugungi kunda ham konvensiyaga amal qilinmoqda.
Moddalari
Savdo kemalarining oʻtish tartibi
Tugash shartlari
Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 20 yil davomida amal qilinishi kelishilgan. Shartnoma muddati 1956-yil 20-iyulda tugadi va imzolagan davlatlar Montro boʻgʻozlari konvensiyasini oʻzgartirishga harakat qilishdi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Xalqaro dengiz huquqi qoidalarida va tugatish shartlarida koʻrsatilganidek, kemalarning toʻxtovsiz (tranzitsiz) oʻtish huquqi tufayli shartnoma oʻzgargan taqdirda ham, agar shartnomaning I ilovasi oʻzgartirilmagan boʻlsa, har qanday Turk boʻgʻozlaridan oʻtadigan kema shartnomaning I ilovasida koʻrsatilgan soliqlardan ozod qilinishi kerak va boshqa toʻlovlar olinmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org