Montjuik teleminorasi




Montjuik teleminorasi (ispancha: Torre de telecomunicaciones de Montjuic; kat. Torre de Comunicacions de Montjuïc) - teleminora Ispaniya, Kataloniya avtanom viloyatidagi, Sants-Montejuik hududidagi Montjuik tepaligida joylashgan. Calatrava minorasi yoki Telefonika minorasi sifatida ham tanilgan.

Tavsifi



Teleminoraning qurilishi 1989-yilda boshlangan boʻlib uning tantanali ochilishi uch yildan soʻng - 1992-yilgi Olimpiya oʻyinlarining boshida boʻlib oʻtdi. Teleminora balandligi 136 metrni tashkil qiladi. Neo-futuristik uslubdagi bino Santyago Kalatrava tomonidan ishlab chiqilgan. Zanglamas poʻlatdan yasalgan minora Olimpiada bogʻida Telefónica teleradiokompaniyasi ehtiyojlari uchun qurilgan. Teleminora Olimpiya olovini ushlab turgan sportchini ifodalaydi. Minora shaklining boshqa talqinlari - suvga kirayotgan kitning dumi va tortilgan kamon ipidagi nayza. Minora poydevori kafel parchalaridan iborat "singan mozaika" - trenkadis bilan qoplangan.

2006-yilda Formula 1 boʻyicha Ispaniya Gran-prisi gʻolibiga Monjuik teleminorasining haykalchasi berilgan.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz