Monsters, Inc.
Maxluqlar Jamiyati (inglizcha: Monsters, Inc.) — 2001-yilda Walt Disney Pictures va Pixar Animation Studios studiyalari tomonidan ishlab chuqarilgan Amerika kompyuter-animatsion buddy-komediya filmi. Shuningdek, film sikveli 2013-yilda ishlangan Maxluqlar Universiteti animatsion filmi hisoblanadi.
Maxluqlar Jamiyati animatsion filmining premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 2-noyabr 2001-yilda boʻlib oʻtdi. Film mablagʻi $115 million boʻlib, kartina dunyo boʻylab $577 milliondan ortiq daromad koʻrdi. Shuningdek, film bu daromadi orqali 2001-yildagi uchinchi yuqori daromadli film boʻldi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org