Monsey Xorenskiy




(mil. V-VI asri) – arman tarixining otasi; xalq dostonlarini yaxshi bilgan olim; yuqorida tilga olingan Agafangel va arman imlosini ixtiro qilgan Vaak va Mashtotsning shogirdi; “Armanilar tarixi” (“Matmutyun xayots”) degan qimmatli asar yozgan.

Monsey Xorenskiy (Movses Xorenatsi)ning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ma’lumotlar deyarli yo‘q darajada.

Olimning mazkur asarida armanlarning birinchi afsonaviy otasi Xayka zamonidan mil. 428 y. gacha bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hikoya qilinadi. Xususan, IV asr oxiri – V asr boshlarida bo‘lib o‘tgan voqealar keng bayon etilgan.

Monsey Xorenskiyning mazkur asari Armaniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining og‘zaki adabiyoti hamda etnik tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Asarning eski arman tilidagi matni 1913 y. Tiflisda, yangi arman tiliga qilingan tarjimasi 1961 yili Yerevanda bosmadan chiqqan; N.Emin tarafidan qilingan ruscha tarjimasi Moskvada 1893 yili chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz