Monoplakoforalar




Monoplakoforalar (Mopoplacophora) — chigʻanokli mollyuskalarning eng tuban tuzilgan sinfi. Qazilma holda Kembriydan Devongacha uchraydi. Birinchi tirik vakili neo-pilina 1952-yilda topilgan. Hozir 8 turi maʼlum. Tanasi qalpoqchaga yoki yassi spiralga oʻxshash chigʻanoq bilan qoplangan. Mantiya boʻshligʻida 1 juftdan 8 juftgacha boʻlgan muskullar joylashgan. 5—6 juft patsimon jabralari qorin tomondagi mantiya egatchalarida joylashgan. Buyraklari 6 juft. Yuragi 2 tadan qorincha va boʻlmachadan iborat. Qon aylanish sistemasi tutashmagan. Muvozanat sakdash organi bor. Ayrim jinsli, jinsiy bezlari juft. Suv tubida 200–700 m chuqurlikda uchraydi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz