Moniyeziozlar




Moniyeziozlar — kavsh kaytaruvchi hayvonlarning ingichka ichagida parazit holida yashovchi Moniezia turkumiga mansub sestodalar chaqiruvchi invazion kasallik. Sestodlar oraliq xoʻjayinzirhli kanalar ishtirokida rivojlanadi. Yosh mollar sharoiti no-qulay boʻlgan yaylovlarga olib chiqilgach, oʻt bilan birga kanallarni yutib yuborib, kasallanadi. Kasallangan hayvon lohaslanadi, ichi ketadi, oriqlaydi, ichagi ogʻrib, aylanma harakat qila boshlaydi. Tashhis axlat namunalarida gelmintlar va ularning tuxumlari aniqlanishiga koʻra qoʻyiladi.

Davolash: fenasal, mis sulfati, panakur, mishyak-qoʻrgʻoshin oksidi preparatlari beriladi.

Oldini olish: madaniy yaylovlarda oʻtlatish, mollarni degelmintizatsiyalash.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz