Monika Barbaro
Monica Barbaro (1990-yil 18-iyunda tugʻilgan) – amerikalik taniqli yosh aktrisa. U "The Cathedral" (2021), "Top gun: Maverick" (2022) va „At midnight“ (2023) filmlarida ijro etgan rollari bilan tanilgan. Yosh aktrisa, shuningdek, "UnREAL" (2016), „Chicago Justice“(2017), " The Good Cop" (2018) hamda „FUBAR“ (2023) teleseriallarida bosh rollarda ishtirok etgan.
Taʼlimi
Barbaro 1990-yil 18-iyunda San-Fransiskoda tavallud topgan. U Kaliforniyaning Mill vodiysida katta boʻlgan va u yerda 2007-yilda Tamalpais High Schoolni tamomlagan. Aktrisaning ota-onasi bolaligida ajrashishgan. Barbaro yoshligida raqsga tusha boshlagan va balet bilan shugʻullangan. Aktyorlik boʻyicha tanlovda u Nyu-York shahridagi Tisch sanʼat maktabida raqs yoʻnalishida diplom oldi. 2010- yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib aktyorlik bilan shugʻullanishga qaror qildi va San-Fransiskoga qaytdi. U yerda reklama, qisqa metrajli film yoʻnalishlarida Beverly Hills Playhouse aktyorlik maktabida oʻqigan.
Karyerasi
Monica 2013-yilda "Itʼs Not About the Nail" filmidagi bosh roli uchun eʼtiborni tortdi, ushbu film turmush qurish paytidagi muloqotlar haqida qisqacha-qisqacha komediyalardan iborat. Uning birinchi yirik televizion roli „UnREAL“ teleserialining ikkinchi mavsumida Yael xarakterini tasvirlash, gavdalantirish edi. Aktrisa ushbu filmidan keyin "Chicago Justice" dramasining aktyorlar tarkibiga qoʻshildi, Dik Vulfning <i id="mwRg">Chikagodagi</i> franshizasida u Anna Valdez rolini mahorat bilan ijro etgan. 2018-yilda Barbaro, shuningdek, Josh Groban va Tony Danza bilan birga Netflix-ning „<i id="mwTA">The Good Cop</i>“ filmida Cora Vasquez rolini oʻynadi va bu roli ham uning ijodida muvafaqqiyatli rollardan biri edi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org