Monica Bellucci




Monica Anna Maria Bellucci (talaffuzi: Monika Anna Mariya Beluchi; 1964-yil 30-sentabrda tugʻilgan) — italiyalik aktrisa va model. U oʻz faoliyatini modalar boʻyicha model sifatida boshlagan. Dolce & Gabbana va Dior kompaniyalari uchun model boʻlib, italyan filmlarida, keyinroq esa amerika va fransiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan bir qator filmlarda rollar ijro etgan.

Bellucci, aktrisa sifatida, Frencis Ford Coppolaning gotik, romantik-qoʻrqinchli filmi — Bram Stoker's Dracule' (1992) da bosh qahramon, qirol Drakulaning, rafiqasi rolini ijro etadi. Aktrisa, shuningdek, Gaspar Noé suratga olgan qoʻrqinchli film — Irréversibleda (2002) hamda Mel Gibsonning „The Passion of the Christ“ (2004) injilga asoslangan dramasida „Mary Magdalene“ rolini ijro etgan.

2003-yilda Matritsa: Qayta yuklash va Matrisa: Inqilob ilmiy-fantastik filmlaridagi Persefon roli bilan ommaga taniqli aktrisalar qatoridan oʻrin olishni boshlagan. U 2015-yilgi James Bond bosh rolni ijro etgan Spektr filmida tarixidagi eng keksa qiz oʻrtogʻi — Bondning sevgilisga aylanadi.

Yoshligi



Bellucci 1964-yil 30-sentabrda Umbrianing Città di Castello shahrida Brunella Briganti va Pasquale Belluccilar xonadonida yagona farzand boʻlib dunyoga keladi. Boʻlajak model San-Guistinodagi Lama shahrida oʻsib ulgʻayadi.

Faoliyati



Model sifatida




Monica Bellucci 13 yoshida mahalliy foto ixlosmandlari tomonidan olingan suratlarga tushish orqali modellik sohasiga kirib kelgan. 1988-yilda Belluchchi Perugia universitetining huquq fakultetini tark etadi. Bu bilan bir vaqtda, Yevropaning moda markazlaridan biri boʻlmish — Milan shahriga koʻchib oʻtadi va u yerda model-agent Piero Piazzi yordamida Elite Model Management bilan shartnoma tuzadi. 1989-yilga kelib, u Parij va Nyu-York shaharlarida modalar boʻyicha model sifatida mashhurlikka erishadi. U Dolce & Gabbana va fransuz brendi boʻlmish Elle va boshqalar uchun suratga tushadi. Oʻsha yili Bellucci kino sohasiga kirib keladi va aktyorlik saboqlarini ola boshlaydi. 2001-yil fevral oyida Esquire nashri muqovasida va beshta sezgi haqidagi maqolasida Bellucci rasmlari aks ettiriladi.

2003-yilda u Maxim filmida suratga tushadi., Men's Health jurnali uni 21-oʻrinda eʼlon qilgan holda, „Barcha vaqtlarning top 100 ayoli“ roʻyxatiga kiritadi. AskMen aktrisani 2002-yilda birinchi raqamli eng orzu qilingan ayol deb topadi. Ikki milliy gazetaga koʻra, u italyan seks-ramzi hisoblanadi.

2004-yilda qizi Devaga homilador boʻlganida, Bellucci Italiyaning geteroseksual juftliklarga tugʻilishni oldini olishni cheklovchi va yolgʻiz ayollar yoki bir jinsli juftliklarni istisno qiladigan, surrogatlik va inson yordamida tadqiqotlarni cheklovchi qonuniga norozilik sifatida Italiyaning Vanity Fair jurnali uchun yarim-yalangʻoch suratga tushadi. Aktrisa jurnalning 2010-yil aprel soni uchun homilador hamda yarim yalangʻoch suratga tushishga rozi boʻladi. 2006-yildan 2010-yilgacha Bellucci bir qator Dior mahsulotlarining yuzi boʻlib kelgan.

2012-yilda Dolce & Gabbana brendining ning yangi yuziga aylanadi. Model Nyu-York shahridagi Elite+ shirkati bilan birga ishlaydi. Bellucci Milan shahrida D'management Group va Londondagi Storm Management bilan shartnoma imzolaydi. Bellucci, shuningdek, 2016-yil fevral oyida GQ Italia uchun ham suratga tushadi.

Bellucci Dolce va Gabbana uchun 2019-yil bahori Milan shahrida boʻlib oʻtgan moda haftaligining uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrinish beradi. Unga Isabella Rossellini, Eva Herzigová va Helena Christensen qoʻshiladi. Ular modaning diqqat markaziga qaytgan 90-yillarning supermodellari oqimini davom ettiradilar.

Aktrisalik faoliyati




Belluccining kino boʻyicha karyerasi 1990-yillarning boshida boshlangan. U „La Riffa“ (1991) va Bram Stoker's Dracula (1992) filmlarida kichik rollarni ijro etgan. 1996-yilda u “The Apartment” filmidagi Liza obrazi uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa uchun César Award nomzod etib koʻrsatiladi hamda aktrisa sifatidagi mavqeini mustahkamlanadi. U Malena (2000), Brotherhood of the Wolf (2001) va Irréversible (2002) filmlaridagi rollaridan soʻng dunyo boʻylab tomoshabinlar orasida mashhur boʻladi.

Oʻshandan beri u Yevropa va Hollywood kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan Tears of The Sun (2003), „Matritsa: Qayta yuklash“ (2003), The Passion of the Christ (2004), "Aka-uka Grimmlar" (2005), „Le Deuxième sufle“ (2007), „Shoot 'Em Up“ (2007), „Dont Look Back“ (2009) va "Afsungarning shogirdi" (2010) kabi koʻplab filmlarda rol ijro etgan.

U, dastlab, 2007-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan Soniya biopikida hind siyosatchisi Sonia Gandi obrazini koʻrsatishi kerak edi, biroq loyiha toʻxtatiladi. Bellucci „Shut 'Em Up“ (2007) filmining fransuz va italyan nashrlari uchun dublyajda ishtorik etadi. U, shuningdek, 2005-yilda „Robotlar“ animatsion filmining fransuzcha versiyasi uchun „Prince of Forsia: Warrior Within“ videooʻyinida Cappining fransuz tilidagi ovozini ijro etgan.

50 yoshida u James Bond filmi namoyishida eng keksa qiz nomiga sazovor boʻladi. Spektr (2015) filmida Lucia Sciarra rolini ijro etadi. Uch yil oʻtgach, u avstraliyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan Nekrotronic filmida paydo boʻladi.

2021-yilda u 39-Torino kinofestivalida hayoti davomida erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda badiiy innovatsiyalar uchun Stella Della Mole mukofoti bilan taqdirlangan.

Shaxsiy hayoti



Bellucci 1990-yilda italiyalik fotograf Klaudio Karlos Bassoga turmushga chiqadi, shundan soʻng, 18 oydan keyin ajrashishadi.

Aktrisa fransuz aktyori Vincent Cassel bilan 1996-yilda suratga olingan The Appartment filmi davomida tanishishgan. Ular 1999-yilda turmush qurishadi va ikki qizi farzand koʻrishadi: Deva (2004-yilda tugʻilgan) va Léonie (2010-yilda tugʻilgan). Er-xotin 2013-yilning 26-avgustidaajrashishadi.

"The Passion of the Christ" filmi haqidagi "The Big Question" hujjatli filmida Bellucci shunday deydi: "Men barcha dinlarni hurmat qilsam va ularga qiziqsam ham, men agnostikman. Agar men ishonadigan narsa bor boʻlsa, oʻsha narsa — sirli energiya; Toʻlqinlar paytida okeanlarni toʻldiradigan, tabiat va mavjudotlarni birlashtiradigan narsa". 

2009-yilda Bellucci kinofestivalga sayohat paytida hibsga olingan rejissor Roman Polanskini qoʻllab-quvvatlash uchun petitsiyaga imzo chekadi. Ayblov 1977-yilda jinsiy zoʻravonlik ayblovlari bilan bogʻliq boʻlib, ushbu voqea film festivallari anʼanalariga putur yetkazadi.

Bellucci italyan, fransuz va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televideniye




Videooʻyinlar




Dublyaj rollari




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz