Monguolėjė




Mongoliya (Ingliz tili: /mɒnˈɡoʊliə/ ( tinglang); moʻgʻ.: Монгол Улс, klass. mõğ: Moŋğol ulus; lit. "Mõğul Millati" yoki "Mõğul Davlati") yoki Moʻgʻuliston — Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni 1565 ming km². Aholisi 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator shahri Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoklar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet shaharlari mustakil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.

Davlat tuzumi



M. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan va 12-fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997-yildan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.

Tabiati



M. hududi aksari qismining balandligi 1000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (balandligi 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Janubiy va janubi-sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shimoliy va shimoli-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi Shimoli-sharq, janubiy va janubi-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. M. hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shimoliy qismi kaledon, janubiy qismi gersin burmalariga ajralgan.

Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —35° (eng past temperatura —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18—26° (eng yuqori temperatura 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. M. hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shimoliy va Shimoli-sharqi dasht, janubiy va janubi-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. M. hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va h.k. bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shimolda buryatlar, shimoli-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

Tarixi




Mongoliya hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4—10-asrlarda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-asrlarda M. hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206-yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211-yildan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr oʻrtalarida Shimoliy Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368-yil Xitoy, 1380-yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Janubiy Moʻgʻuliston va Shimoliy Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shimoliy Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M.ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616-yilda Shimol-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634-yil Janubiy Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688-yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.

Mongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758-yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-asr boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19-asr oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911-yil aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911-yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yildan ortiqroq harakat qildi. 1915-yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919-yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.

1921-yil iyulda Urga shahrida M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924-yil 26-noyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992-yilgacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990-yillarning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.

M. — 1961-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasib-n diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 25-yanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11-iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921-yilda tuzilgan, 1999-yil martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. oktyabrda tashkil etilgan; M. birlashgan konservativ partiyasi, 1993-yilda asos solingan; M. demokratik uygʻonish partiyasi, 1994-yilda tuzilgan; M. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1990-yilda asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992-yilda tuzilgan; M. res-publikachilar partiyasi, 1992-yilda tashkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990-yilda asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999-yilda tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan M. ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoshlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yil tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927-yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi



M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, qishloq xoʻjaligining ulushi 16%.

Maʼmuriy boʻlinishi




Qishloq xoʻjaligi



20-asrning 20-yillariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmogʻi mavjud boʻlib, u ham boʻlsa koʻchmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qoʻychilik yetakchi oʻrinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qoʻtos, bugu, shahar atrofida choʻchqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 1991—92 yillarda sobiq 255 qishloq xoʻjaligi birlashmasi (qishloq xoʻjaligi kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shugʻullanib kelgan koʻp davlat xoʻjaliklari oʻrniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.

Sanoati



M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-asrning 40—60-yillarida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va boshqa konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va shahrik.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. Mongoliya sanoatida gusht, un kombinatlari, non zavodi, gilam fabrikasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.

Transporti



Koʻp yuklar temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi — 1,8 ming, avtomobil yoʻllari uz. — 46 ming km. Xubsugul koʻli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956-yildan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.

Tashqi savdosi



1980-yillarning oxirigacha mamlakat savdosi bir tomonlama, faqat Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi mamlakatlariga yunaltirilgan edi. Asosiy mijozi sobiq SSSR boʻlgan. 1990-yillar boshida M. "ochiq eshik" siyosatini faol utkaza boshladi, boshqa mamlakatlar, chunonchi Yaponiya, AQSH, Germaniya, Jach. Koreya, Singapur, Gonkong va boshqa bilan munosabatlar rivojlandi. Ekspor-tda chorvachilik, konchilik, yengil va oziqovqat sanoati mahsulotlari mu-him urin tutadi. Chetdan mashina-uskunalar, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari xarid qiladi. Tashqi savdodagi mijozlari: MDH davlatlari, Xitoy, Yaponiya. Pul birligi — to'g'rik.

Maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 2000-yilda 660 umumiy taʼlim maktabida 381 ming bola, 47 oliy oʻquv yurti, jumladan, 27 ta davlat universiteti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik boʻyicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba taʼlim oldi. Ulan-Bator shahrida Mongoliya Fanlar akademiyasi ish olib boradi. M.da bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, Fanlar akademiyasi va universitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Din tarixi muzeyi va boshqa

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920-yildan; 1996-yil urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996-yil sentabrdan hozirgi nomda), "Zalgamjlagch" ("Oʻrinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1926-yildan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3-marta chiqadigan gaz., 1928-yildan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990-yildan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4-marta chiqadigan jurnal, 1950-yildan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992-yildan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlogʻi", haftalik gaz., 1970-yildan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993-yildan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990-yildan), "Sog" ("Mashʼala", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1994-yildan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921-yilda tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992-yilda tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992-yilda asos solingan. Mongol radioasi 1934-yilda, Mongol telekoʻrsatuvi 1967-yilda tashkil etilgan.

Aaabiyoti. Mongol xalq ogʻzaki ijodiyotida qoʻshiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar koʻp. Yozma adabiyoti 12— 13-asrlarda boshlangan. "Argasun xuurch qissasi", "Yetim bolaning toʻqqiz chingiziy baxrdir bilan suhbati", "Togontemurning yigʻisi" kabi asarlar keng tarqalgan. 17-asrda yilnomalar vujudga keldi. 19-asrda yaratilgan "Koʻk kitob" trilogiyasi (muallifi Injinash) va boshqa koʻpgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-asrda M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi anʼanalariga tayanib, ilgʻor jahon adabiyoti bilan aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929-yilda adiblar toʻgaragi tashkil topdi, u 1930-yilda M. yozuvchilari uyushmasiga aylantirildi. D. Na-sagdorj, S. Damdinsuren kabi yozuvchilar pyesalari, sheʼrlari bilan mongol adabiyoti rivojida muhim rol oʻynadilar. 40— 50-yillarda S. Dashdendev, D. Sevegmid, Ch. Lhamsuren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar doʻstligi va hamkorligi samaralari toʻgʻrisida asarlar yaratdilar. 50— 60-yillarda yirik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida "Ayushi" qissasini (1947), B. Rinchen "Choʻl tongi" romanini (1955), Ch. Lodoydam "Oltoyda" romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Ud v a l kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bagʻishlandi. Hozirgi davr adabiyotida S. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Purevdorj va boshqa shoirlarning sheʼrlari alohida ajralib turadi. Ja-hon adabiyotining eng yaxshi asarlarini tarjima qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, Gʻ. Gʻulom, Mir-muhsin, Rahmat Fayziy, Turob Toʻla va boshqa oʻzbek yozuvchilarining asarlari mongol tiliga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (L. Tudevning "Suxe-Bator" qissasi, D. Na-sagdorjning "Tanlangan asarlari", "Mongol ertaklari" va boshqalar) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga oʻyib tushirilgan yoki boʻyoq bilan ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, boʻri, ilon)larning tasvirlari topilgan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya toshlariga ishlangan odamlar va toʻrtta ot qoʻshilgan toʻrt gʻildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6—8-asrlarda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchilarning ot abzallari va qurol-yarogʻlari oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatila boshlagan. 6—9-asrlardagi shahar vayronalaridan toshga ishlangan boʻrtma va bosma usulda naqshlangan sopol idishlar topilgan. M.ning turli joylarida gʻisht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar oʻrnatilgan. 10-asrdagi mamlakat poytaxti Oʻrda Baliq (key-inroq Hara Balgas) harobalari orasida mudofaa istehkomlari, uylar, ibodatxonalar koʻzgatashlanadi. 10—12-asrlarda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorugʻlik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepaliklar bilan oʻralgan, darvozalari va minoralari boʻlgan. Bir yoki bir necha koʻcha chetlaridagi maʼmuriy binolar, ibodatxonalar va turar joylar atrofi devor bilan oʻralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning oʻtov hamda chodirlari boʻlgan. Qadimgi Bars-Xot (10—12-asrlar) shahri kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, maʼbuda va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, oʻyma yogʻoch bezaklar va meʼmoriy boʻlaklar chiqqan. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yogʻoch sinchli, surma panjara devorli, eshikli oʻtovlardan iborat boʻlgan. Monastir va ibodatxonalar koʻplab qurilgan.

20-asrning 20-yillaridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, SaynShand) barpo etildi. Binolar kurishda 20— 30-yillarda konstruktivizm taʼsiri koʻrindi. 40—50-yillarda binolarning old tomonlari hashamli — kolonnali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi universitet). 50-yillarning oʻrtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60—90 yillarda qurilishda industrial va yigʻma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik kabi anʼanaviy tarmoqlar bilan bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topa boshladi.

Musiqasi qadimgi anʼanalarga boy. Qoʻshiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qoʻshiq qilib aytish qadimdan odat boʻlgan. Xalq aytishuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qoʻshiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qoʻshiq aytishning oʻziga xos usuli ham urf boʻlgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qoʻshiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qoʻshiklari koʻp. Xalq cholgʻu asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va boshqa

Zamonaviy M. musiqasi 20-asrning 20—30-yillarida vujudga kelib, rivojlana boshladi. "Shive Kyaxta" deb atalgan birinchi partizanlar qoʻshigʻi 1921-yilda ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o"childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.

Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil boʻlgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari koʻzga tashlanadi. Toʻylar, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar koʻrsatilgan. 17-asrdabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari koʻchalarda qoʻgʻirchoq spektakllari koʻrsatiladi. 20-asr boshlarida havaskorlik toʻgaraklari rivojlana boshladi. 20-yillarda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama toʻgaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930-yil poytaxtda teatr studiyasi ochildi va oʻsha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948-yildan Ulan-Batorda qoʻgʻir-choq teatri, 1950-yildan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham oʻrin olgan.

Kinosi



1935-yil Ulan-Batorda " Mongolkino" studiyasi tashkil qilingach, kino sanʼati rivoj topdi. 1936-yildan hujjatli filmlar chiqarila boshladi. "Norjmaning yoʻli" birinchi badiiy filmi 1938-yilda suratga olinds. "Boʻri galasi" (1939), "Birinchi saboq" (1940), "Ikki chorvador" (1955), "Yoʻlimizdagi toʻgʻanoqlar" (1956), "Qalb amri" (1966), "Toshqin" (1966) kabi filmlar mongol xalqining hayotini tasvirladi. Keyingi yillarda "Kuyov", "Visol", "Motor shovqini", "Dovon ketidan dovon" filmlari yaratildi. Yiliga bir necha badiiy film, 30 ga yaqin qisqa metrajli hujjatli film ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Mongoliya munosabatlari

Manbalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz