Monblan




Monblan (frans. va ital. — Oqtogʻ) — Gʻarbiy Alp togʻlaridagi togʻ massivi, Fransiya, Italiya va Shveysariya chegarasi boʻylab 50 km masofaga choʻzilgan. Eng baland joyi 4807 m, Gʻarbiy Yevropada eng baland choʻqqi. Granit, gneys va kristall jinslardan tuzilgan. Togʻ tepasidagi muzliklarning maydoni 200 km² dan ortiq, eng yirigi Merde-Glas muzligi (uz. 15 km). Alpinizm, turizm rivojlangan. Astronomiya va meteorologiya rasadxonasi bor. M. orqali uz. 11,6 km li avtomobil tonneli qurilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz