Monatsit




Monatsit (nem. monazit, yun. monazo — yakka yashayman) — mineral; seriy guruhiga mansub nodir yer elementlari fosfati. Kimyoviy tarkibi (Ce,La...) [Ro4]. Monoklin singoniyali. Koʻpincha turli qoʻshimchalari boʻladi, bulardan asosiylari: TYU2(28% gacha), SiO2 (6% gacha), V2O5(5% gacha) va boshqa Plastinkasimon, baʼzan qalin taxtachasimon kristallar, turli shaklli donachalar, donachali massalar hosil qiladi. Koʻpincha kuchli radioktiv. Rangi sariq, sariqyashildan qoʻngʻir, qizil-qoʻngʻirgacha. Kattikligi 5—5,5, zichligi 4,9—5,5 g/sm3. M. konlari, odatda, granitli pegmatitlar bilan, baʼzan ishuriy granit, siyenitlarda gidrotermal karbonatli tomirlar bilan bogʻliq.

M., asosan, daryo va dengizdagi sochmalardan (Hindiston, Braziliya, Shri Lanka) olinadi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda Chorkesar, Oqtov va Chatqol-Kurama togʻlarida va boshqa joylarda aksessor koʻrinishida kup uchraydi. Seriy va toriy olishda xom ashyo.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz