Monada




Monada (yun. monas — yagona, boʻlinmas) — turli falsafiy taʼlimotlarda borliqning tuzilish elementlarini ifodalash uchun ishlatiladigan tu-shuncha: pifagorchilar taʼlimotida son, neoplatonizmda yagonalik. J.Bruno fikricha, M. voqelikning jismoniy va ayni vaqtda psixik elementa. M.lar haqidagi taʼlimot (monadologiya)ning asoschisi G. Leybnits hisoblanadi. Uning fikricha, M. ruhiy tabiatga ega boʻlgan, butun dunyoni oʻziga kamrab, aks ettira oladigan oddiy (boʻlinmas) va faol birlamchi substan-siyadir. Monadologiya gʻoyasi 19-asrda nemis faylasufi I. Gerbart, G. Lotse, 20-asrda E. Gusserl (Germaniya), A. Uaytxed (Buyuk Britaniya) va boshqalarning qarashlarida oʻz aksini topdi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz