Momodou Ceesay




Momodou Ceesay (talaffuzi: Momodu Sissey) (1988-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — gambiyalik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻistonning „Qiziljar“ klubi va Gamibiya milliy futbol jamoasida oʻynagan. U Gamibiya terma jamoasida 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati rasmiy videooʻyinida tasvirlangan. Xalqaro maydonda Gamibiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati



Ceesay futbolchilik faoliyatini oʻzining „Kanifing United“ klubida oʻynashdan boshlagan. Ceesay 2010-yilning yozida yarim yillik shartnoma imzolagan holda Jilina jamoasiga qoʻshilgan. U 2010-yil 31-iyulda Korgon Ligadagi birinchi oʻyinida gol muallifiga aylangan. U Jilinaning 2010—2011-yilgi UEFA Chempionlar Ligasiga chiqishiga yordam bergan va saralash turnirida uchta golga mualliflik qilgan.

Ceesay 2015-yilning 7-iyulida, o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng, „Qayrat“ klubini tark etgan. 2015-yil sentyabrida u Netanyaning „Makkabi“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2018-yil 28-iyun kuni Qiziljar Ceesay bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

2019-yil 18-iyunda Ceesay Irtish Pavlodar jamosi bilan shartnomasini bekor qilgan, 2019-yil iyul oyida Qiziljar jamoasi safiga qoʻshilgan.

Shaxsiy hayoti



Ceesayning ukasi Ali ham professional futbolchi. U oxirgi marta 2014-yilda Latviya Oliy ligasining „Skonto Riga“ jamoasida oʻynagan.

Xalqaro



Ceesay terma jamoadagi debyutini 2010-yil 30-may kuni Meksika milli futbol terma jamosiga qarshi o‘tkazgan. Ikkinchi xalqaro o‘yinida u 2010-yil 4-sentyabrda Gamibiya terma jamoasi safida o‘zining birinchi golini Namibiya terma jmaosi darvozasiga kiritgan

Xalqaro maydondagi gollari




Yutuqlari



Klub



MŠK Žilina

Qayrat

Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz