Moʻminun surasi
Moʻminun surasi (arabcha: سورة المؤمنون, nomining maʼnosi — Mo‘minlar[8][9]) — Qurʼonning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 342–349-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi
Sura Alloh Taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhis-salom U zotning
soʻnggi paygʻambari ekanligiga iymon keltirgan moʻminlar Firdavs bogʻlariga merosxoʻr
boʻlish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon
qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Moʻminlar» deb atalgandir.
Bu surada ham oʻtmishdagi ayrim paygʻambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygʻambar alayhis-salomga Makka kofirlarining
yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari (oʻqi) asosan bu dunyodagi
hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr
bilan oʻtkazgan kimsalarning «sakarotul-mavt — oʻlim mastligi» chogʻida tortadigan azoblari, ajallari yetib — orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus-
nadomatlari ham bayon qilinadi.
Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga boʻlinadigan, har qanday nasl-nasab,
qarindosh-urugʻchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda
beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org