Mo‘minov Tojiboy
Mo‘minov Tojiboy — 1890-yili Izboskan rayoni Lug‘umbek
qishlog‘ida tug‘ilgan, quloq, 1932-yili soliq to‘lamaganligi uchun 3 yil qamoq jazosiga tortilgan. Hibsga olinish paytida Stalin nomli kolxoz a’zosi bo‘lgan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, ig‘vogarlik targ‘ibot olib borgan, Xalq Komissarlar Sovetining sobiq raisi F. Xo‘jayevni ishdan olinishiga hamdardlik
bildirgan. Kolxozni tarqab ketishini maqsad qilib kolxozchilarga to‘lanadigan pulni boshqa sohalarda foydalangan, oqibatda
kolxozchilarning noroziligi yuzaga kelib, ularning ayrimlari
kolxozdan chiqib ketishiga sabab bo‘lganlikda ayblangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org