Moʻminjon Abdullaev
Moʻminjon Rustamovich Abdullaev[1] (tugʻ. 24-dekabr 1989-yil, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Uch karra Osiyo chempionati gʻolibi, Islom birdamlik oʻyinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari kumush medali sovrindori. 2018-yil yozgi Osiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uchta olimpiada ishtirokchisi.
Martaba
2010-yilda Nyu Deli (Hindiston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 96 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2011-yilda Istanbul (Turkiya) shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 120 kg vazn toifasida 1/32 finalda nemis kurashchisi Niko Shmidtga yutqazib qoʻydi.
2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida 1/8 finalda amerikalik kurashchi Dremiel Byersga yutqazib qoʻydi. Olimpiya oʻyinlaridan soʻng Moʻminjon Abdullaevning doping testi ijobiy chiqdi va nandrolon (anabolik steroid) topildi, shundan soʻng u 2014-yilning 20-noyabriga qadar ikki yilga oʻyinlardan chetlashtirildi.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/8 finalda rossiyalik kurashchi, boʻlajak bronza medali sovrindori Sergey Semyonovga yutqazib qoʻydi.
2017-yilda Nyu Deli (Hindiston) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida hamda Ashxobodda (Turkmaniston) oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi musobaqalarda Osiyo oʻyinlarida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 130 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik kurashchi Nurmaxan Tinaliyevni 8:0 hisobida magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 130 kg vazn toifasida u finalda eronlik Behnam Aliakbar Mehdizade Arpatapega yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2019-yilda Nur-Sultonda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u chorak finalda eronlik Amir Gʻasemiga 3:1 hisobida yutqazib qoʻydi. Oʻsha yili Sianda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida u finalda yana eronlik Amir Gasemiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2021-yilda Olmaota shahrida (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan Osiyo saralash turnirida 130 kg vazn toifasida yarim finalda xitoylik Ling Jae Myung 9:0 hisobida magʻlub etdi va shu tariqa Yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org