Moʻmin Karimov
Moʻmin Karimov (13-fevral 1920-yil, Sirdaryo viloyati – 5-may 1978-yil, Toshkent viloyati) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi hamda Shon-sharaf ordeni sohibi hisoblanadi.
Biografiya
Moʻmin Karimov 1920-yil 13-fevralda Oʻzbekiston SSR tarkibiga kiruvchi Sirdaryo viloyatidagi Niyozbosh qishlogʻida oddiy dehqon oilasida tugʻilgan. Qishlogʻidagi maktabni tugatgach, kolxozda hisobchi boʻlib ishlay boshlagan.
1940-yilda Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. U Moskvani mudofaa qilishda qatnashgan va u yerda ogʻir yaralangan. 1943-yilning kuz oyida Fastov yaqinida ikkinchi marta ogʻir jarohat olgan. Prjemysl uchun janglarda (1944-yil 17-iyul – 1944-yil 25-iyul) u dushman pozitsiyasini yorib oʻtgan. Dushman askarlarini yoʻq qilgan hamda ikki askarni asirga olgan. 1944-yil 21-iyulda daryoni kesib oʻtib, dushman joylashgan joyga bostirib kirgan, bitta „til“ ni qoʻlga olgan va 14 ta nemis askarini yoʻq qilgan. Oʻsha yilning 29-avgustida uchinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil 15-16-yanvarda 68 nafar nemis harbiylarini yoʻq qilgan (30 askar va 1 ofitserni Pilika daryosini kesib oʻtish paytida va 37 askarni Radomsko shahridagi koʻcha janglarida). 1945-yil 10-martda ikkinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan. 1941-yil 17-apreldan 21-aprelgacha boʻlgan davrda 87 nafar nemis askarini yoʻq qilgan, janglarda yaralangan (urush paytida uchinchi marta), lekin xizmatda davom etgan. 1945-yil 27-iyunda birinchi darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.
Moʻmin Karimov 1945-yilda demobilizatsiya qilingan. Undan keyin kolxozda, keyin esa maktabda ishlagan.
Moʻmin Karimov 1978-yil 5-may sanasida Toshkent viloyatida vafot etgan.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org