Molyigʻar
Molyigʻar — yangi tushgan kelinchakning uyiga yoyilgan seplarni yigʻish marosimi. Oʻzbek xonadonlarida kelin tushdining ertasiga kelinning seplari kuyovning qarindoshlari, qoʻni-qoʻshnilar va kelin koʻrdiga kelganlarning koʻrishi uchun kelin tushgan xonaga yoyib qoʻyiladi. Maʼlum muddat oʻtgach, kelinkuyov tomon ayollari, qoʻshnilar toʻplanishib, yoyilgan seplar yigʻib olishadi. M. marosimi tobora taomildan qolib bormoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org