Molxona (roman)
Molxona (Orginal nomi Animal Farm) Jorj Oruelning majoziy til bilan yozilgan siyosiy-hajviy romani. Roman ilk bor Buyuk Britaniyada 1945-yilda chop qilinadi. 1996-yilda esa oʻtmishda yozilgan asarlar uchun beriladigan Retro Hugo mukofoti bilan taqdirlanadi.
Roman Stalinizmga qarshi tanqid sifatida yozilgan. Oʻzini har qanday totalitarizmga qarshi sotsial-demokrat sifatida tanitgan Jorj Oruell romanda SSSR davlatining vujudga kelgandan keyin mamlakat ichida roʻy bergan voqea va hodisalarni yumor va majoziy yoʻl bilan ochib beradi.
Molxona asari nashr qilingan davrda turli bahslarga sabab boʻlib, qattiq tanqidga ham uchraydi. Stalinizmga tanqidiy ruhda yozilgan ushbu asar sabab ikkinchi jahon urushidagi ittifoqdosh SSSR bilan „iliq“ aloqalarga putr yetishini istamagan Britaniya hukumati bu asarga baʼzi senzuralarni kiritadi. Roman uchun multifilm ishlanayotganda CIA tomonidan oʻzgartirib talqin qilingani ham iddiao qilinadi. Romanning asl mazmuniga sodiq boʻlgan film 1999-yilda suratga olinadi.
Molxona Romani Pink Floydning Animals musiqiy albomi uchun ilhom manbasi boʻlib xizmat qiladi.
Asar qahramonlari.
Jorj Oruel 1917-yildagi „oktabr inqilobi“dan so'ng yuz bergan voqealardan yaxshigina xabardor boʻlib, buni doimiy kuzatib borgani koʻrinib turibdi. Bu asarni kommunizmning illatlarini ochib berishga qaratilganiga urgʻu bergan Jorj Oruel shuningdek, oʻz qarashi boʻlgan sotsial-demokratlikdan hayoti davomida voz kechmagandi. U doim ishchilar haq-huquqlarini qoʻllab quvvatlaydi. Yaʼni, qisqasi, Jorj Oruelning kommunist ekanligi haqidagi gaplar bir uydirma xolos.
Asardagi „Animalizm“ tamoyili
Asardan iqtiboslar
u bilardiki, bu dunyoda ishlar hamisha shunday davom etgan, yaxshi ham, yomon ham boʻlmagan. Pastdagilar ishlagan, yuqoridagilar yeb-ichgan, hayvonlar uchun hamisha ochlik, qashshoqlik va hayronalik hasrati — bu foniy dunyo hayotining rad qilib boʻlmas haqiqatidir.
Manbalar
uz.wikipedia.org