Molla Panah Vogif byusti
Molla Panah Vogif byusti — XVIII asrning mashhur ozarbayjon shoiri, siyosiy va jamoat arbobi Molla Panah Vogif sharafiga oʻrnatilgan byust. 1992-yilda Shusha shahri bosib olingandan keyin vayron qilingan. Shahar ishgʻoldan ozod qilinganidan keyin byust 2021-yilda tiklandi.
Tarix
Haykaltarosh Hayat Abdullayeva tomonidan 1957-yilda bronzadan yasalgan Molla Panah Vogif byusti 1958-yilda Shusha shahrida shoirning qabri yodgorligi sifatida Jidir-Duzu yaqinida oʻrnatilgan. Keyinchalik, 1976-yilda byust Vogifning Shushadagi uyiga yaqinroq koʻchirildi. 1982-yilda Voqif maqbarasi ochilishiga qadar byust va uning atrofi taʼmirlanib, yodgorlik poydevori almashtirildi. 1992-yilda Shusha shahri ishgʻol qilinganda, byust, boshqa koʻplab yodgorliklar singari, buzib tashlangan va vayron qilingan.
Shahar ishgʻoldan ozod etilgach, 2021-yilda uning muallifi Xayat Abdullayevaning, asl loyihasi asosida yodgorlik qayta tiklandi va asl joyiga qaytarildi. 2021-yil 29-avgust kuni Molla Panah Vogifning, yangi byusti ochilish marosimi boʻldi.
Surat
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org