Mo‘ljar




Moʻljar (moʻgʻulcha boʻljar — uchra-shuv joyi va vaqti) — 1) harbiy qismlarning kelishuviga binoan uchrashuv joyi, manzili va vaqti; 2) jangovar harakatlar vaqtida askarlar tomonidan qaziladigan chuqur, okop. Merganlar M. ichida joylashib, dushmanni kamondan yoki oʻt ochish qurollaridan nishonga olgan; 3) qalʼa, qoʻrgʻon singari istehkomlarning gird-atrofida qaziladigan xandaq (yana qarang Boʻljar).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz