Molik
Islom e’tiqodida
Molik (arabcha:
مالك ) do‘zaxni boshqaradigan, Zaboniya (arabcha: ا
لزبانية ) ismli 19 ta sirli qoʻriqchilari boʻlgan farishtani bildiradi. Zuxruf surasining 77-oyatida Molik doʻzax farishtalarining boshligʻi sifatida zikr qilingan.
Qur’onda Molik
Qur’oni karimning Zuxruf surasi 74-78 oyatlarida Molikning jahannam ahliga aytadigan soʻzi tasvirlangan: “Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida mangu qoluvchidirlar. U ulardan yengillatilmas va ular u (azob)da noumid holda qolurlar. Ularga zulm qilganimiz yoʻq. Lekin ular – oʻzlari zolim boʻldilar. Va ular: “Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!” – deb nido qildilar. U: “Albatta, siz turib qoluvchisiz”, – dedi. Batahqiq, sizga haqni keltirdik. Lekin koʻplaringiz haqni yomon koʻruvchisiz”. Tahrim surasining 6-oyatida esa, farishtalar Allohning amriga binoan ish koʻrishlari aytiladi: “Ey iymon keltirganlar! Oʻzingizni va ahli ayolingizni yoqilgʻisi odamlaru toshdan boʻlgan olovdan saqlang. Uning tepasida qoʻpol, dargʻazab farishtalar boʻlib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar”.
Me’roj hodisasida Molik
Islom an’analariga koʻra, Muhammad alayhissalom Me’rojga koʻtarilganlarida Molik bilan uchrashganlar. Paygʻambar alayhissalom jannatga yetib kelganlarida Molikdan boshqa barcha farishtalar u zotni tabassum bilan qarshi olgan. Muhammad alayhissalom Jabroildan nima uchun uning jim turganini soʻraganlarida, u Molik doʻzaxning qoʻriqchisi ekani, hech qachon tabassum qilmasligini aytgan. Shundan soʻng Paygʻambar alayhissalom undan jahannamni koʻrsatishini soʻraganlar. Molik uning eshiklarini ochgan va u zotga jinoyatchilar uchun tayyorlangan azob-uqubatlar koʻrsatilgan.
Manbalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org