Molibdenli po‘lat




Molibdenli poʻlat - tarkibida 0,15—0,55% molibden va 0,1—0,45% uglerod boʻlgan konstruksion poʻlat; legirlangan poʻlatlar jumlasiga kiradi. Molibden poʻlatning toblanish va mexanik xossalarini, yoyiluvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Molibdenli poʻlat korroziyabardosh, issiqbardosh, yuqori temperaturalarda oksidlanmaydi, shu sababli, yuqori temperaturalarda ishlaydigan detallar tayyorlashda, mas, qozonsozlik, turbinasozlik, raketasozlik va boshqa da ishlatiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz