Molibdenli o'g'itlar




Molibdenli oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklda molibden boʻlgan mikrooʻgʻitlarsan biri. M.oʻ. sifatida ammoniy molibdat, ammoniynatriy molibdat, molibdenli superfosfat va tarkibida molibden boʻlgan turli sanoat chiqindilari qoʻllanadi. Odatda, vodorod ioni koʻrsatkichi rN 5,2 dan past boʻlgan tuproqlarda oʻsimliklar M.oʻ. ga koʻproq zarurat sezadi. Ekinlardan dukkaklilar (noʻxat, soya, beda, sebarga), sabzavot ekinlari (karam, pomidor), texnika ekinlari (qand lavlagi, zigʻir) va boshqa ancha talabchan. Mas, molibden superfosfatdan ekish paytida yerga 50–100 kg/ga miqdorida solinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz