Molibdenlash




Molibdenlash — metall buyumlar sirtiga molibden yugurtirish. M. usuli poʻlat, titan, niobiy va boshqa metall buyumlar uchun qoʻllanadi. Ushbu usullari bor: 1) molibden yoki ferromolibden kukuni bilan vodorod oqimida (200—1000°da) M; 2) gaz mu-hitida M.: a) molibden yoki ferromolibden ishtirokida vodorod va xlorat kislota oqimida (gaz aralashmasi 300— 400° da hosil boʻladi, 800—1000° S da buyumda molibden ajraladi); b) molibden pentaxlorid (MoS15) orqali oʻtadigan vodorod oqimida (300° da); v) molibden geksakarbonal [Mo(Co)J buglari bilan vodorod yoki argon aralashmasida (250 - 850°da) M.; 3) suyuq muhitda M.: a) natriy molibdat (Na2 MoO4) eritmasi solingan vannada elektroliz bilan M.; b) shu vanna orqali vodorod yoki dissotsilangan ammiak oʻtkazish yoʻli bilan Na2MoO4 dan molibdenni kaytarish. M. natijasida buyum qattiklashadi, sirti mustahkamlanadi, azot kislotasiga chidamliligi oshadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz