Moldova Respublikasi mustaqillik kuni




Moldova Respublikasi Mustaqillik kuni (rumincha: Ziua Independenței Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan Moldova milliy bayramidir. Rasman bayram va dam olish kuni hisoblanadi.

Tarixi



1991-yil 27-avgustda Moldaviya SSRda Buyuk xalq majlisi chaqirildi va majlis, yaʼni parlament Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilishni maʼqullab ovoz berdi.

Shu kuni Moldova Prezidenti xalqni tabriklaydi. Mamlakat poytaxti — Kishinyov va respublikaning boshqa shaharlarida turli bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Qishloq hududlarda savdo yarmarkalari va chegirmali savdolar tashkil etiladi. Kontsertlar uyushtiriladi. Koʻplab shaharlardagi maydonlarga attraksionlar oʻrnatiladi, shaharlar markazlaridagi maydonlarga umumiy oʻyin-kulgi uchun oʻyin avtomatlari oʻrnatiladi. Kishinyovdagi bayram tadbirlari Buyuk Milliy Majlis maydonida oʻtkaziladi.

Madaniyat uylarida xalq udumlari, urf-odatlari namoyish etiladi.

Mustaqillik kuni bayram mushakbozligi bilan yakunlanadi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz