Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi




Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Moldova sharafini himoya qiladi. Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Moldova Respublikasida futbol boʻyicha boshqaruv organ boʻlgan Moldova Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Shu vaqtga qadar Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi hali biron marta ham FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati yoki UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiga chiqishmagan. Eduard Blănuţă 2019-yilning 4-fevralidan beri Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarib kelmoqda.

Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining hozirgi sardori yarim himoyachi Ludmila Caraman hiosblanadi. Ayni paytda FIFA reytingida 86-oʻrinni egallab turgan Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy oʻyinlarini mamlakat poytaxti Kishinyov shahridagi „Zimbru“ stadionida oʻtkazadi.

Tarixi



Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi rasmiy oʻyinini 2001-yil 12-sentyabrda Irlandiya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan va oʻsha oʻyinda 0:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Shu vaqtga qadar oʻtkazilgan oʻyinlar hisobiga koʻra Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi faqat Andorra, Lyuksemburg va Litva ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ustunlikka ega. Estoniya, Ozarboyjon va Gretsiya (Yunoniston) ayollar milliy futbol terma jamoalari bilan oʻtkazilgan oʻyinlar sarhisobiga koʻra Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi bu milliy terma jamoalarning barchasi bilan ikki martadan oʻynagan va har bir terma jamoani bir martadan magʻlub etib, bir martadan magʻlubiyatga uchragan.

Xalqaro musobaqalarda Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi



FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati




UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati (UEFA ayollar chempionati)




Oʻyinchilar



Hozirgi tarkib



2021-yil 17 va 21-sentyabr kunlari Italiya ayollar terma jamoasi va Shveytsariya ayollar milliy terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda quyidagi futbolchilar Moldova ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. O‘yinlar va gollar statistikasi 2021-yil 21-sentabr holatiga ko‘ra berilgan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz