Molchanov Lev Aleksandrovich




Lev Aleksandrovich Molchanov (1878—1962) — tabiiy geograf, iqlimshunos, zoolog, koʻlshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1943). Professor (1922), geogr. fanlari doktori (1938). 1907-18 yillarda Oʻrta Osiyo (Amudaryo, Pomir)da biologik, gidrologik va meteorologik kuzatuvlar olib borgan. 1921 —1938-yillarda Turkiston (Urta Osiyo) meteorologiya ilmiy tadqiqot institutida ishlagan va Oʻrta Osiyo universitetining professor 1938-yildan umrining oxirigacha Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari, asosan, Oʻrta Osiyo iqlimi, gidrologiyasi va umumiy tabiiy geogr.siga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz