Moʻjiza Ayol 1984




Moʻjizakor ayol 1984 (inglizcha: Wonder Woman 1984 ) 2020-yilda ekranlarga chiqqan, DC Comics komikslaridan tushirilgan Moʻjizakor ayol qahramoniga asoslangan superqahramonlar haqidagi AQSh filmidir. Film 2017-yilda ishlangan Moʻjizakor ayol filmining davomi boʻlib, DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) sakkizinchi badiiy filmidir. Bu film rejissori Patty Jenkins, hikoyani Geoff Johns va David Callaham yozishgan, shuningdek, filmda Gal Gadot (Diana Prince / Moʻjizakor ayol rolida), Chris Pine, Kristen Wiig, Pedro Pascal, Robin Wright va Connie Nielsen kabi film yulduzlari rol oʻynashgan.

2017-yil iyun oyida ilk film chiqarilgandan koʻp oʻtmay, film davomi haqidagi munozaralar boshlandi hamda keyingi oyda ham davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlandi. Asosiy suratga olish ishlari 2018-yil 13-iyunda boshlanib, suratga olish joylari Angliyaning Leavesden shahridagi Warner Bros. Studios studiyasida, shuningdek, AQShning Kolumbiya okrugi va Shimoliy Virjiniyada, Angliyaning London va Duxford shahrilarida, Kanareya orollaridagi Tenerife va Fuerteventurada boʻlib oʻtdi. Olti oylik suratga olishdan soʻng, 2018-yil 22-dekabrda qoʻshimcha suratga olish ishlari oʻz nihoyasiga yetdi.

Moʻjizakor ayol 1984 Warner Bros. Pictures tomonidan RealD 3D hamda IMAX 3D formatlarida ommaga havola etildi.

Mazmuni



Yoshligida Diana Prince qirolicha Hippolytaning qaramogʻidagi keksa amazonkalarga qarshi Themysciradagi koʻp bosqichli sport musobaqalarida qatnashadi. Diana otidan yiqilib tushgach, raqibiga yetishish maqsadida qisqa yoʻldan boradi va musobaqani davom ettiradi. Gʻolib boʻlishidan sal oldin, xolasi Antiope unga „hech qanday haqiqiy qahramon yolgʻondan tugʻilmaydi“ deb, uni musobaqadan chetlashtiradi.

1984-yilda, birinchi film chiqarilgandan 66 yil oʻtgach, Diana Vashingtondagi Smithsonian institutining katta antropologi boʻlib, qadimgi Oʻrta yer dengizi sivilizatsiyalarini oʻrganmoqda; Diana, shuningdek, Moʻjizakor ayol sifatida yashirincha jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Ish paytida, u yangi ishchi — Barbara Ann Minerva bilan uchrashadi. Barbara — Dianaga hasad qiladigan oʻziga ishonchi yoʻq ayol. Moʻjizakor ayol talonchilik harakatini toʻxtatgandan soʻng, Federal qidiruv byurosi Barbaredan oʻgʻirlangan antiqa buyumlar keshini aniqlashni soʻraydi. Barbara ham, Diana ham bitta narsada lotincha yozuv borligini payqashdi — keyinchalik bu „Orzular toshi“ ekanligi maʼlum boʻldi.

Diana toshdan uning sehridan bexabar holda, marhum sevgilisi Steve Trevorni hayotga qaytishini tilash uchun foydalanadi; uning ruhi qaytib kelib, boshqa bir kishining tanasida yashasa ham, Diana uni Steve sifatida qabul qiladi. Keyinchalik, Diana Barbarani hujumdan qutqarib qoladi, bu paytda esa Barbara Diana kabi qobiliyatga ega boʻlishni xohlaydi. Boshqa tomonda esa, Diananing tilagi uning tobora super kuchlarini sustlashiga olib keladi. Muvaffaqiyatsiz biznesmen — Maxwell „Max Lord“ Lorenzano, keyinchalik oʻzining bankrot boʻlgan neft kompaniyasini qutqarish umidida orzular toshini izlab, yashirincha Smithsonianga tashrif buyuradi; Diana va Steve ham birgalikda qatnashishgan Smithsonianda boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Max, Barbarani oʻz ofisiga kirish va orzular toshini oʻgʻirlash uchun yoʻldan ozdiradi. Keyinchalik, Max toshning mujassamiga aylanishni xohlaydi va tilaklarni amalga oshirish uchun uning kuchiga ega boʻladi, shu bilan birga u boshqalardan istagan narsasini olishga ham qodirdir; Keyin, Max qudratli va taʼsirchan shaxsga aylanib, izidan betartiblik va vayronagarchiliklarni qoldirib, uning kuchlari global beqarorlik va ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.

Barbara, Diana va Steve keyinchalik orzular toshini yolgʻon, xiyonat a hiyla-nayrang xudosi — Dolos yaratganligini aniqladilar. Tosh foydalanuvchining xohishini bajaradi, biroq oxirida toʻlov (badal) ni talab qiladi, almashinuvni bekor qilishning yagona yoʻli esa bu istakdan voz kechish yoki toshning oʻzini yoʻq qilishdir. Steve bu zamonda oʻzining mavjudligini, Diana bildirgan tilak evaziga amalga oshirilganligini tushunadi. Boshqa tomondan esa, Barbara Diana kabi kuchga ega boʻlishni tilagan boʻlib, buning evaziga uning insoniylik hislatlari asta-sekinlik bilan yoʻqolmoqda.

Tobora taʼsiri oʻsib borayotgan Max, AQSh prezidentidan mamlakatning sunʼiy yoʻldosh tizimi signallarni global miqyosda tarqatishi mumkinligini bilib oladi; Max bundan yomonlashib borayotgan sogʻligʻini tiklash maqsadida butun dunyoga tilaklarni bajarish uchun foydalanadi. Televideniyega borishda Max Diana va Stevega duch keladi, ularni Barbara toʻxtatib qoladi. Sababi, Barbara Diana unga xalaqit bermaslik uchun Max bilan kuchlarni birlashtiradi. Steve koʻz yoshi toʻkilgan Dianani oʻz tilagidan voz kechishga koʻndiradi. Bunga rozi boʻlgan Diana, tilagidan voz kechadi vauchish qobiliyatiga ega boʻlganda, kuchini tiklab oladi (biroq, bu Stevening yoʻq boʻlishiga olib keladi). U uyga qaytib, afsonaviy Amazon jangchisi Asterianing zirhini kiyadi. Keyin u televizion stansiyasiga boradi va u yerda kuchli boʻlishni xohlaganidan keyin gepardga oʻxshash jonzotga aylanib, mutatsiyaga uchragan Barbara bilan jang qiladi.

Barbarani magʻlubiyatga uchratgandan soʻng, Diana Max bilan toʻqnashadi va u orqali dunyo bilan muloqot qilish uchun oʻzining „Haqiqat Lassosi“dan foydalanadi hamda barchani oʻz tilaklaridan voz kechishga ishontiradi. Shuningdek, u Maxning oʻtgan hayotini ham namoyish etadi: birinchi navbatda uning baxtsiz bolaligi; keyin u yaratgan betartibliklar oqibatida yigʻlab yotgan kichik oʻgʻli — Alistair. Koʻz yoshi toʻkilgan Max oʻz tilagidan voz kechib, Alistair yoniga boradi va unga yaxshi ota boʻlishga vaʼda beradi.

Biroz vaqt oʻtgach, Diana Stevening tanasi boʻlgan kishi bilan uchrashdi va u butun dunyoni kuzatishda davom etmoqda. Ayni paytda, Asteria xuddi Diana singari odamlar orasida yashirincha yashashi maʼlum boʻladi.

Rollarda




Oʻzbekcha dublyaj




Shuningdek, rejissor va ovoz rejissori Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi Raʼno Suyunova, tarjimon Hasanboy Teshaboyev, montaj ustasi Hamidullo Latipov, texnik xodim Muhammadali Rashidov hamda muharrir Baxtiyor Karimov.

Musiqasi




Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Hans Zimmer yaratgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz