Moʻjiza ayol
Moʻjizakor ayol DC Comics nashriyoti tomonidan chop etilgan komikslardagi qudratli superqahramondir. Personajning xarakteri Adolat Ligasining asoschisi va Amazon xalqining elchisi oʻlaroq tasvirlanadi. Keyinchalik, 1941-yilning oktabrida ilk bor All Star Comicsning 8-sonida paydo boʻla boshladi. Moʻjizakor ayol personaji DC Comics komikslarida 1986-yildagi qisqa tanaffusdan tashqari deyarli doimiy ravishda chop etilgan. Onayerida, yaʼni Themyscira orolida uning ismi
Themysciraning qizi Diana yoki
Hippolyta qizi boʻlgan, onayeridan olisda boʻlganda, yaʼni biror-bir jamiyatga qoʻshilganda, u oʻzini Diana Prince oʻlaroq qabul qiladi.
Moʻjizakor ayol — Amazon malikasi (yunon mifologiyasi asosida), oʻzining vatanida
Diana nomi bilan tanilgan. Diana — tajribali jangchi, gʻayritabiiy kuchi, tezligi, sabr-bardoshi, hayvonlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega va ayni paytda haqiqatni aytishga majbur qiladigan va himoyani bajaradigan bilaguzuklardan foydalanad.
Boshqa ommaviy axborot vositalari
Film
DC Kengaytirilgan Koinoti tomonida Moʻjizakor ayol haqida yaxshi syujetli hamda kassabop filmlar ham ishlangan. Moʻjizakor ayol roliga Isroillik aktrisa va model Gal Gadot tanlangan. Bularga, Batman v Superman: Dawn of Justice (2016), Adolat Ligasi (2017), Moʻjizakor ayol hamda Moʻjizakor ayol 1984 kabi filmlarni kiritishimiz mumkin.
Animatsion filmlar va teleseriallar
2009-yilda ishlangan Moʻjizakor ayol toʻliq hajmli animatsion filmi, shuningdek, animatsion teleseriallardan esa, Adolat Ligasi multserialini koʻrishimiz mumkin.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org