Mohzoda Begim




Mohzoda Begim (XIX asr)  — oʻzbek shoirasi. Uning yashagan davri va tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam saqlangan. Mohzoda Begimning „Jahona xitob“ deb ataluvchi sheʼri qoʻqonlik maʼrifatparvar shoir Ibrohim Davron (1874-1922) bostirib chiqargan „Ash’ori nisvon“ („Ayollarning sheʼrlari“, OʻzR FA Sharqshunoslik instituti, inv. № 16704) kitobiga kiritilgan. Shoira bu sheʼrida oʻz davridagi xotin-qizlarning ayanchli qismati, ularning huquqsizligi va mudhish hayotini tasvirlab, oʻzi yashayotgan tuzumning adolatsizligidan shikoyat qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz