Mohamed Konaté (futbolchi)
Mohamed Konate (talaffuzi: Mohamed Konate) (1997-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — professional futbolchi, Rossiya Premyer-ligasi jamoasi „Ahmat Grozniy“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynydi. Kot-d’Ivuarda tugʻilgan, u xalqaro miqyosda Burkina-Faso terma jamosini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Konate Rossiya Premyer-ligasida 2016-yilning 17-sentabr kuni „ Ural Yekaterinburg “ jamoasi safida „Anji“ ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Konate 2017-yilning fevral oyida asosiy jamoada koʻproq maydonga tushish uchun Ural Yekaterinburgni tark etgan. 2017-yilning 22-aprelida u oʻzining yangi klubi Latviyaning Babīte jamoasi saida debyut qilgan va debyut uchrashuvida gol muallifiga aylangan.
2017-yil iyul oyida Konate va Sedrik Gogua 2017-yilgi mavsum oxirigacha „Qayrat“ akademiyasining „Qayrat-A“ jamoasiga qoʻshilishgan. 2017-yilgi Qozogʻiston birinchi divizioni yakunlanganidan soʻng Konate Belarus Premyer-ligasi vakili Gomel safida sinovdan oʻtgan.
2018-yil 24-iyunda Pyunik Konate bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. 2019-yil 1-iyunda Konate Pyunik jamoasi tomonidan klub oʻyinchilari safidan ozod qilingan.
2019-yil 2-sentyabrda u Rossiya futbol milliy ligasining „Ximki“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2021-yilning 18-may kuni Ahmat Grozniy Konate bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan. Bir mavsum oʻtgandan soʻng klub rahbariyati shartnoman ikki yil muddatga uzaytirganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati
Kot-d’Ivuarda tugʻilgan Konate asli Burkinabedan. 2020-yil 9-oktabr kuni Konate Burkina-Faso terma jamoasini Kongo DR bilan oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org