Moʻgʻullarning maxfiy tarixi
"Moʻgʻullarning maxfiy tarixi" (adabiyotda koʻpincha Yuan-chao bi-shi yoki Yuan-chao mi-shi xit. 元朝秘史, pinyin Yuáncháo bìshǐ — oʻrta moʻgʻul tilida Mongɣol‑un niɣuca tobciyan, moʻgʻul tilida Mongolin nuuts tovchoo „Monggul nighucha tobchiyan“ning xitoycha tarjimasi) — eng qadimgi moʻgʻul adabiy va tarixshunoslik yodgorligi, dastlabki moʻgʻullar tarixi, davlati hamda uning asoschisi Chingizxon, shuningdek XII-XIII asrlardagi Oʻrta Osiyo tarixi haqida qimmatli manba hisoblanadi.
„Maxfiy tarix“ 1240-yili ismi nomaʼlum boʻlgan bir moʻgʻul muallifi tomonidan xitoy ieroglifi transkripsiyasi asosida moʻgʻul tilida bitilgan. Uning tezisli tarjimasi xitoy tilida nashr etilgan. Shuningdek, xitoylik diplomatlarni moʻgʻul tiliga oʻrgatish maqsadida transkripsiyasi ham eʼlon qilingan. Xitoycha nomining soʻzma-soʻz tarjimasi „Yuan sulolasining maxfiy (oilaviy) tarixi“dir.
Asl nusxa boʻlgan yagona moʻgʻul-xitoy tillaridagi qoʻlyozmasini 1872-yili Pekindagi saroy kutubxonasidan Xitoydagi rus missioneri arximandrit Palladi (Kafarov) sotib olgan. Sovet davrida bu qoʻlyozma A. M. Gorkiy nomidagi Leningrad davlat universitetida saqlangan. Qoʻlyozma uchta parallel matnni oʻz ichiga oladi: xitoycha belgilar bilan ifodalangan moʻgʻulcha; moʻgʻulcha soʻzlarning xitoy tiliga taglama tarjimasi; moʻgʻulcha matnning xitoycha toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi.
Qisqacha mazmuni
„Maxfiy tarix“ asosan Chingizxonning dasht imperiyasining suveren hukmdori boʻlgan vaqtgacha boʻlgan hayoti haqida hikoya qilib beradi; Moʻgʻulistondan tashqarida erishilgan moʻgʻullarning gʻalabalari haqida qisqacha maʼlumot beradi. U xalq sheʼriyatiga oid sheʼriy qismlarni, shuningdek, turli janrlarda ifodalangan nasriy qismlarni oʻz ichiga olgan afsonalar va doston elementlaridan tashkil topgan.
Bu moʻgʻulshunoslik uchun alohida ahamiyatga ega asardir. Asar ayni paytda XII asrdan bizgacha yetib kelgan moʻgʻul tilidagi yagona adabiy yodgorlikdir.
Tarjimalari
Asar bugungi kunga kelib, buryat, tuva, qozoq, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, polyak, chex, bolgar hamda fors tillariga, shuningdek, zamonaviy moʻgʻul tiliga tarjima qilingan. Asosiy tillariga tarjima Bir qator xitoycha tarjimalari XX asrga kelib XXRda nashr etilgan.
Izohlar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org