Mogilyov




Mogilyov yoki Magilev (belaruscha: Магілёў) — Belarusdagi shahar, Mogilyov viloyati markazi. Dnepr daryosi sohillarida joylashgan. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Dnepr daryosidagi pristan. Aeroport bor. Aholisi 371,4 ming kishi (1998). Mogilyov viloyat sanoat mahsulotining yarmini beradi. Muhim tarmoqlari: metallsozlik va mashinasozlik (avtomobil, qurlish materiallari sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladigan "Strommashina", "Elektrodvigatel", metall konstruksiyalar, lift zavodlari), kimyo ("Lavsan" sintetik tola, kimyo kombinatlari, sunʼiy tola zavodi), oziq-ovqat (goʻsht kombinatlari, konditer fabrikasi, non, konserva, yogʻ-pishloq zavodlari), yengil sanoatlari (tikuvchilik, trikotaj, lenta toʻqish, poyabzal fabrikalari) rivojlangan. Qurilish materiallari (silikat buyumlar, temir beton buyumlar, qurilish materiallari, kombinatlari) ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari, 2 TETS ishlab turibdi.

Mogilyovda 2 oliy oʻquv yurti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 2 teatr, oʻlkashunoslik, etnografiya va boshqa muzeylari bor. Shahar 1267-yildan maʼlum, 1569-yildan Polsha, 1772-yildan Rossiya tarkibida. Nikolay cherkovi (17-asr) saqlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz