Mogilev mudofaasi
Mogilev mudofaasi -Qizil Armiyaning Ikkinchi Jahon urushi boshidagi 1941-yil iyul oyida 3 haftalar davom etgan Mogilev viloyatidagi (BSSR) jangi.
Oldingi voqealar
Gʻarbiy front Germaniyaning eng yirik GA markazi tomonidan hujumga uchradi.U bir haftadayoq magʻlubiyatga uchradi.Got va Guderianning 1 va 2-TG diviziyalari oldinhujum qilib mudofaadan yoʻl ochishgan.3-iyul kuni Verrmaxt shtab boshligʻi Galder shunday deb yozgan edi: „Rossiyaga qarshi urushda 14 kun ichida gʻalaba qozondik, desak mubolagʻa boʻlmaydi“.
Minsk qoʻlga kiritilgandan va Sovet qoʻshinlari Belostok va Minsk ostonalarida magʻlubiyatga uchragandan soʻng, nemis motorli qismlari u yerdan Moskva yoʻnalishi boʻyicha yangi hujumni boshlash uchun Gʻarbiy Dvina va Dnepr daryolari chizigʻiga oʻtishni boshladi.
Dneprdagi asosiy nuqta Mogilev edi.Daryo oʻtish joyi, avtomobil yoʻllari va temir yoʻl liniyalari muhim edi.3-iyul kuni nemislarning ilgʻor va razvedka otryadlari Mogilevga yetib kelishdi.
Sovet 20-mexanizatsiyalashgan qismlari va daryodagi 4-havo desant qismlarining zaif mudofaasini buzib oʻtishdi.Berezina va Drutdan nemislarning 46 MK TG-2 qismlari Mogilevga yaqinlashib kelishdi.
Mogilev atrofidagi maydonlarni 61 SC egallaydi.Shaharni Birinchi jahon urushida nemislar bilan jang qilgan 50 yoshli general Mixail Romanovning 172-diviziyasi himoya qiladi.
5-iyul kuni Orsha shahridan 61-SK shtab-kvartirasi yetib keldi.Mogilev viloyatidagi uchta oʻqchi diviziyasiga qoʻmondonlikni qilishni boshladi.Polkovnik Ivan Bartenev qoʻmondonligidagi 53-diviziya,polkovnik Vasiliy Xlebsev qoʻmondonligidagi 110-diviziya va general-mayor Mixail Romanov qoʻmondonligidagi 172-diviziya shular jumlasidandir.Sovet diviziyalarining oldingi boʻlinmalari Mogilev gʻarbidagi mudofaa janglarida qatnashdilar.
7-iyulda 61-SK Molodechnodan chekinib 13A shtabiga boʻysunishni boshladi.Shu kuni armiya qoʻmondoni general-leytenant Pyotr Filatov ogʻir yaralandi (bir hafta oʻtgach, u Moskva kasalxonasida vafot etdi).General-leytenant Fyodor Remezov 13A shtabiga yangi qoʻmondon boʻldi.
Mogilev fuqarolari armiyaga yordam berib dushmanni kutib olish uchun mustahkam mudofaa istehkomlari qurdilar.Klyuge shtab-kvartirasidagi havo razvedkasi xabar berishicha:
"Dneprdan tashqarida ruslar mudofaa maydonlarini kengaytirmoqda.Bu uzluksiz bir-biriga bogʻlangan xandaklar, pulemyot nuqtalari, aloqa liniyalari, tankga qarshi xandaqlar, tayanch nuqtalar ayniqsa aholi punktlari atrofida koʻp sonli artilleriya batareyalari betonli pulemyot xandaqlari shular jumlasidandir.Bir necha kilometr chuqurlikda joylashgan va Birinchi Jahon urushi mudofaa istehkomlarini eslatuvchi kuchli mudofaa tizimi yaratilgan".
Sapyorlar shahar atrofida keng mina maydonlarini yaratdilar, askarlar va aholi xandaklar qazidi, mustahkam himoya nuqtalari qurdilar.Nemis tanklariga qarshi „Molotov kokteyllari“ tayyorladilar.
Jang boshlanganidan keyin nemislarni hayratga solgan voqealar bu tez-tez boʻlayotgan miltiq nayzalari bilan qilingan hujumlar va qoʻl jangi edi.
Yon kuchlar
Qizil Armiya
Umumiy hisobda Mogilevni 100 mingga yaqin askar va zobitlar himoya qildi.
Shaharni Fyodor Bakuninning 61-oʻqchilar qismlari va Nikitinning 20-mexanizatsiyalashgan qismlari, shuningdek, 8-10-diviziyalarning tirik qolgan askarlari, shu jumladan Kreyzerning 1-Moskva motooʻqchilar diviziyasi himoya qildi.
13 A,61 SK,20 MKdan 4 ta havo-desant qismlari bilan himoyalangan edi.Bular 61 SK dan 53,172,110-oʻqchilar diviziyasi edi.
Tomonlarning harakatlari
10-11-iyul kunlari Vermaxt uchta motorlashgan qismlar bilan Dneprni kesib oʻtishni boshladi:
Sovet boʻlinmalari qoʻldan ketgan yerlarni qaytarib olish uchun hujum qilishga harakat qilishdi, ammo hujumlar muvaffaqiyatsiz tugadi.Shklov tumanidagi nemislar egallab olgan yerlarga hujum qilish buyrugʻini olgan 20-mexanizatsiyalashgan qismlar 17-iyulga kelibgina hujum qilishdi.Lekin bu vaqtga kelib nemislar bu joylarga piyoda qoʻshinlarini olib kelib joylashgan qismlarini kuchaytirib boʻlishgan edi.
Mogilevni qamal qilinishi:10-16-iyul
Mogilev armiya guruhi markazi qoʻmondonligi eʼtiboriga tushdi.Armiya guruhining 11-iyuldagi operatsiya hisobotida shunday deyilgan:
"4-tank armiyasi daryoda bir qator yangi yerlarni qoʻlga kiritdi.Dnepr boʻlimida Mogilev,Orsha va Stariy Bixov,Dashkovka,Yelnya yoʻnalishi boʻyicha rejalashtirilgan hujum uchun zarur shart-sharoitlarni yaratildi.Bu hujum Mogilev viloyatidan Ryasna orqali Yelnyagachami yoki Shklov tumanidan,Gorkiy orqali Kopisdan boshlanadimi, buni oldindan aytish qiyin."
Aniq qadamlar qoʻyildi.24-korpusning 3-tank diviziyasi Mogilevga joylashtirildi.11-iyul kuni u Mogilevdan 20 km janubi-gʻarbda edi va 12-iyul kuni ertalab u allaqachon shaharning gʻarbiy chekkasida yetib bordi.
Anʼanaga koʻra, tank hujumidan oldin havodan kuchli zarba berilgan.
12-iyul kuni Germaniyaning 46-motorlashtirilgan korpusi qoʻlga olingan yerlardan Gorkiygacha yurishni boshladi. Asosiy zarbaning markazida Sovetlarning 53-oʻqchilar diviziyasi bor edi.Uning boʻlinmalari qurshab olingan va tarqalib ketgandi."Grossdeutschland" polki Mogilevni shimoldan toʻsib qoʻyish va 46-motorlashgan korpusning aloqalarini bloklab qoʻyish uchun yetib bordi.
Kutepov va Buynich yeri Xuddi shu kuni nemis general-leytenanti Modelning 3-tank diviziyasi janubdan Bobruysk shossesi boʻylab shaharga oʻtishga harakat qildi.
Bu yerda mudofaa polkovnik Semyon Kutepov qoʻmondonligidagi 172-o'qchi diviziyasining 388-oʻqchi polki tomonidan amalga oshirildi.Xalq militsiyasi batalyoni (komissar P.E.Terentiyev) ham bor edi.Ularni Mazalovning toʻpchilar qoʻllab-quvvatlab turdilar.
Ular Mogilev-Bobruysk avtomagistralini va Mogilev-Jlobin temir yoʻlini toʻsib qoʻyishdi.
Hujum qaytarildi.Buynichi qishlogʻi yaqinidagi 14 soat davom etgan ogʻir jangdan soʻng nemislar katta talofotlar bilan chekinishdi.39 ta yoʻq qilingan nemis tanklari va zirhli texnikasi jang maydonida qoldi.
Mudofaadagilar ham katta talofotlarga uchrashdi, lekin oʻz pozitsiyalarini saqlab qolishdi.Ertasi kuni nemis tanklarining hujumlari takrorlandi va yana hujum qaytarildi.
1941-yil iyulda 3-tank diviziyasida xizmat qilgan isteʼfodagi polkovnik Horst Zobel xotirlashicha, voqealar quyidagicha sodir boʻlgan:
"3-tank diviziyasi ikkita jangovar guruh bilan Mogilevga hujum boshladi.Toʻgʻri jangovar guruh biroz oldinga siljidi, ammo keyin dushmanning kuchli qarshiligi tufayli hujum toʻxtatildi.Chap qanotdagi kuchlar darhol halokatga uchradi. Tanklarga hamroh boʻlishi kerak boʻlgan mototsikldagi piyodalar chuqur qumga tiqilib qoldi va hujum chizigʻiga yetib bora olmadi.Tank qoʻshinlari piyodalar yordamisiz hujumni boshladi.Ammo hujum yoʻnalishi Mogilev garnizonining oʻquv poligoni boʻlib, u erda minalar yotqizilgan va xandaklar qazilgan edi. Tanklar minalangan maydonga kirib ketishdi va shu payt artilleriya va tankga qarshi qurollardan ularga qarata oʻt ochildi.Natijada hujum muvaffaqiyatsizlikka uchradi.Rota komandiri halok boʻldi,13 ta tankimizdan 11 tasini yoʻqotdik".
3-tank diviziyasining Mogilevga hujumi toʻxtatildi.Zobel shunday dedi:"Dushman kutilganidan ham kuchliroq boʻlib chiqdi".
Bu Sovet qoʻshinlarining birinchi gʻalabalaridan biri edi.Shu munosabat bilan Mogilevga markaziy gazetalarning muxbirlari, jumladan Konstantin Simonov keldi.Ular dushmanning yoʻq qilingan tanklarini oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar.Nemis texnikasi qabristonining fotosurati keyinchalik „Известия“ga joylashtirildi.
Simonov „Tiriklar va o'liklar“ romanida koʻrganlarini tasvirlab berdi.Polkovnik Kutepov Serpilinning prototipiga aylandi. Simonov esladi:
"Men uchun Kutepov bilan qisqa uchrashuv urush yillarida eng muhimlaridan biri boʻldi.Mening xotiramdagi Kutepov agar u oʻsha yerda Mogilev yaqinida tirik qolganida keyinchalik koʻp narsaga qodir boʻlgan odam boʻlardi.Oʻshanda 1941-yilda Kutepovning oʻzi egallab, mustahkamlagan oʻsha pozitsiyada oʻlgunicha turishga, oʻngu chapiga nima boʻlishidan qatʼiy nazar tik turishga qatʼiy qatʼiyati menga qattiq taʼsir qildi".
Bu orada shaharga tobora bosim orta bordi.Dneprni kesib oʻtib,Guderianning 24 va 46-motorlashgan qoʻshinlarining qismlari Mogilevni ikki tomondan aylanib oʻtib,Chausida birlashdilar.Shu tariqa ular Mogilev viloyatini mudofaa qilayotgan sovet qoʻshinlarini qurshovga oldilar.
Shahar „Grossdeutschland“ polkini va 3-tank diviziyasi qismlarini harakatini toʻsib qoʻydi.
Sovet 13 A shtab-kvartirasi parchalandi.Armiya shtab-kvartirasi nemis boʻlinmalari tomonidan hujumga uchradi, armiya qoʻmondoni general-leytenant Remezov ogʻir yaralandi va evakuatsiya qilindi.Armiya qoʻmondonligi va boshqaruv tizimi buzildi.Yangi armiya qoʻmondoni general-leytenant Vasiliy Gerasimenko faqat 15-iyulda oʻz lavozimini bajarishga kirishdi.
Nemislarning oldinga siljishini Pronya daryosi chizigʻida ikkinchi mudofaasi 4 A kechiktirdi.Bu nemis mobil tuzilmalarining jang maydoniga kirishiga imkon bermadi.
13-iyul kuni Sovet qoʻshinlarining Bobruyskga hujumi Vermaxt qoʻshinlarining bir qismini Mogilevdan chiqarib yubordi.Shu sababli shaharga hujum faqat piyoda qoʻshinlari yaqinlashgandan keyin qayta boshlandi.
Mogilevga hujum: 17-25-iyul
Sovet qoʻshinlari tomonidan Mogilevning qattiq mudofaasi nemislarni yirik aloqa markazidan mahrum qildi.Shaharga bostirib kirishda piyoda askarlarning tank guruhlariga qoʻshilishida kechikishini keltirib chiqardi.
Nemislarning 7-korpusining hisobotida ular shunday deb yozdilar:
Hujum (Mogilev) tobora zarur boʻlib bormoqda. Bosib olinmagan yerda toʻplangan dushman kuchlari armiya orqasida jiddiy tahdiddir.Ular 12 va 9-korpus qanotlari boʻylab shimol va janubga hujumlar uchun Dneprning sharqiy qismida joylashgan dushman kuchlarini frontdan himoya qiladi.Nihoyat muhim aloqa liniyasi toʻsib qoʻyiladi.
17-iyulda Mogilevga hujum boshlandi.7-piyoda diviziyasi generali V. Farmbaxerning kuchlari 3-tank diviziyasi tanklari koʻmagida hujumga oʻtdi.
Piyoda askarlar ham ichkariga kirishdi.7-piyoda diviziyasi Minsk shossesi boʻylab sovet pozitsiyalariga hujum qildi.23-piyoda diviziyasi Bobruysk shossesi boʻylab oldinga siljidi. 15-piyoda diviziyasi Fransiyadan Mogilev viloyatiga koʻchirildi.258-piyoda diviziyasi Mogilev janubiga yaqinlashdi.
Shu bilan birga Mogilev atrofida oʻtadigan nemis tanklari sharqqa chuqurroq kirdi.46-motorlashgan qoʻshinlarning oldingi safida boʻlgan 10-tank diviziyasi Pochinokni bosib olib Yelnyaga harakatlana boshladi.
61-SC va 13-armiyaning 20-mexanizatsiyalashgan qoʻshinlari Mogilev yaqiniga joylashdi.Samolyotlar oʻq-dorilar bilan taʼminlangan edi, ammo havoda Luftwaffe hukmronligi ostida qurshovga olingan qoʻshinlarning toʻliq taʼminlanishiga ishonish qiyin edi.
Sovet qoʻmondonligi Mogilevni ushlab turishga katta ahamiyat berdi.
20-iyul kuni yana bir nemislarning 78-piyoda diviziyasi Mogilev viloyatiga yaqinlashdi.U Borkolabovo yaqinidagi Dneprning sharqiy qirgʻogʻiga oʻtib,Gomel shossesi boʻylab sovet mudofaasiga hujum qildi, ammo hujum qaytarildi.
7-korpusning Mogilevga qilingan hujum haqidagi hisobotida shunday deyilgan:
Kun davomida Mogilev mudofaasi qanchalik kuchli ekanligi ayon boʻladi.Bizning qarshimizdagi boʻlinmalar mohirlik bilan dala istehkomlarini qurganlar, ajoyib yashirinishgan, chuqur handaqlar qazilgan, qanotlardan oʻt ochishni tashkil qilishning barcha imkoniyatlaridan mohirona foydalanganlar.Oʻq-dorilar bilan bogʻliq vaziyat keskin, armiya yetarli miqdorda taʼminotni tashkil qila olmaydi.Shunisi aniqki mustahkamlangan pozitsiyalar janglarda tez muvaffaqiyat kutishimizga imkon bermaydi.
Biroq Vermaxt Sovet qoʻshinlarini asta-sekin orqaga chekinishga majbur qildi.
23-iyul kuni ko'cha janglari boshlandi.Dushman temir yoʻl stantsiyasiga bostirib kirib,Mogilevda qurshab olinganlar taʼminlanadigan Lupolovo aerodromini egallab oldi.Mogilevni mudofaa qilayotgan 61-korpus shtab-kvartirasi va 172-oʻqchilar diviziyasi oʻrtasidagi aloqa uzildi. Shunday qilib Mogilev mudofaasi parchalandi.
Ammo qarshilik davom etdi.24-iyulda Mogilevda koʻcha janglari davom etdi.Germaniya 7-armiya korpusi qoʻmondoni artilleriya generali V.Farmbaxerning taslim boʻlish toʻgʻrisidagi taklifi rad etildi.26-iyulga oʻtar kechasi Sovet qoʻshinlari Dnepr daryosidagi koʻprikni portlatib yuborishdi.
Mogilevga qilingan hujum natijasida 7-korpusning xulosalari hisobotda qayd etilgan:
Mustahkamlangan Mogilev mudofaasiga hujum fanatik dushman tomonidan himoyalangan ajoyib uzoq muddatli mudofaa pozitsiyasiga qarshi yetti kunlik mustaqil jang edi.Ruslar oxirigacha kurashdi.Ular qanotlarida va orqada sodir boʻlayotgan voqealarga mutlaqo befarq edilar.Har bir otish nuqtasi, pulemyot yoki qurol uyasi uchun har bir uy jang qilishi kerak edi.
Ular Mogilevga tashqaridan buzib kirishga harakat qilishgan.21-24-iyul kunlari Sovet qoʻshinlarining Smolensk yoyiga hujumi boshlandi.22-iyuldan beri general-polkovnik Fyodor Kuznetsovning 21-A boʻlimi Mogilev yaqinida qamal qilingan sovet qoʻshinlari bilan bogʻlanish uchun Bixov tomon yurdi.Biroq dushman yana Sovet armiyasi hujumini toʻsib qoʻydi.
Mogilevni tark etish: 26-iyul
Bunday vaziyatda shaharni saqlab qolishning foydasi yoʻqligi ayon boʻldi.Yagona yoʻl sharq tomon yoʻl olish. Kechikish falokatga va mudofaa guruhining toʻliq yoʻq qilinishiga olib keldi.
26-iyul kuni qurshab olingan qoʻshinlar qoʻmondonlari Suxari qishlogʻida (Mogilevdan 26 km sharqda) toʻplanishdi.61-korpus komandiri Fedor Bakunin,20-mexanizatsiyalashgan korpus komandiri Nikolay Vedeneyev,110-korpus komandiri Vasiliy Xlebsev,210-motorlashtirilgan brigadasi komandiri Parxomenko va 26-tank brigadasi komandiri Obuxov ishtirok etdi.
Ular qoʻshinlarni qamaldan olib chiqish masalasini muhokama qilishdi va oʻsha kuni kechqurun Mstislavl-Roslavl boʻylab uchta marshrutda koʻchishga qaror qilishdi. Oldinda 20-mexanizatsiyalashgan korpus, orqada 110-oʻqchilar diviziyasining jangovar boʻlinmalari.Bu vaqtga kelib 61-oʻqchi diviziya 1-motorlashgan diviziya,161-oʻqchi diviziya va 20-Aning tirik qolgan qismlari bilan aloqa oʻrnatdi.
Qurshovdagi Mogilev qoʻshinlari ham muvaffaqiyatga yoʻl olishdi.172-diviziya komandiri Romanov mustaqil harakat qildi.U gʻarbga Tishovka qishlogʻi yaqinidagi oʻrmonga (Bobruysk shossesi boʻylab) oʻtishga qaror qildi.Soat 24:00 atrofida 172-oʻqchi diviziya qoldiqlari qurshovdan chiqa boshladi.
27-iyul kuni Gʻarbiy front qoʻmondonligi qoʻshinlarning qamaldan chiqib ketishiga norozilik bilan munosabatda boʻldi.Oliy qoʻmondonlik shtabiga berilgan hisobotda shunday deyilgan:
Mogilev mudofaasidagi 61-oʻqchi korpusiga 5 tagacha piyodalar diviziyasini yoʻnaltirdi.Dushman hujumi shu qadar shiddatli amalga oshirildiki u dushmanning katta kuchlarini toʻsdi.
Biz 13-A komandiriga Mogilevni har qanday holatda saqlashni buyurdik.Front komandiri Kuznetsovga buyruq berildiki Mogilevga hujum qilib Kachalovning chap qanotini qo'llab-quvvatlashni,Dneprga chiqishni aytishdi.
Biroq qo'mondon 61-korpusning ikkilangan qo'mondoni Bakuninni o'zboshimchalik bilan Mogilevni tark etib sharqqa chekinishda vaqtni qo'ldan boy berdi.
Uning bu harakati sabab korpus qiyin vaziyatga tushib qoladi va 13,21-armiyalarga qarshi manevr qila oladigan dushman bo'linmalariga yo'l ochiladi.
Mogilevdan chiqib ketish va u yerda davom etayotgan ko'cha janglari haqidagi xabarni olgandan so'ng,13-armiya komandirga: Mogilevdan chiqishni to'xtatish va shaharni ushlab turish haqida buyruq berildi.
Buyruqni qo'pol ravishda buzgan qo'mondon Bakunin sudga tortildi va uning o'rniga Mogilevni ushlab turish tarafdori bo'lgan polkovnik Voevodin tayinlandi.
Mogilevni tark etgani uchun 13-armiya komandiri general-leytenant Gerasimenko qoʻmondonlik lavozimidan chetlashtirildi va uning oʻrniga general-mayor Konstantin Golubev tayinlandi.
Mudofaaning buzilishi [tahrir | manbasini tahrirlash]
Biroq 61-oʻqchi diviziya qurshovdan chiqa olmadi.Ikki kunlik janglardan soʻng, general-mayor Bakunin kichik guruhlarda sharqqa borib, barcha texnikani yoʻq qilishni va undan oldin otlarni tarqatib yuborishni buyurdi.Bakuninning oʻzi 140 kishilik guruhni qamaldan olib chiqdi.61-oʻqchi korpus artilleriya boshligʻi, brigada komandiri Nikolay Lazutin va 53-diviziya komandiri polkovnik Ivan Bartenev qoʻlga olindi.
53-oʻqchi diviziyasidan Desna ortidagi yigʻilish nuqtasida yengil qurollangan mingga yaqin odam toʻplandi. Keyinchalik 53-oʻqchilar diviziyasi tiklandi va Gʻarbiy front tarkibida jang qildi.
110-oʻqchilar diviziyasi deyarli butunlay qirilib ketdi (1941-yil sentabrda tarqatib yuborildi).Diviziya komandiri polkovnik Xlebsev partizan operatsiyalariga oʻtdi.1941-yil 16-dekabrda u 161 kishilik guruhni qamaldan olib chiqdi.
172-piyoda diviziyasi toʻliq tor-mor boʻldi.Uning qoʻmondoni general-mayor Romanov qamaldan chiqib ketayotganda yarador boʻlib asirga tushdi va 1941-yil dekabrda Hammelburg kontslagerida olgan jarohatlaridan vafot etdi.
20-mexanizatsiyalashgan korpus komandiri general-mayor Vedeneyev qamalni tark etdi.1941-yil avgust boshida 210-motorlashgan diviziyaning qoldiqlari uning komandiri, brigada komandiri Parxomenko tomonidan olib ketildi.1941-yil 7-avgustda unga general-mayor unvoni berildi.
26-tank diviziyasining qoldiqlari uning qoʻmondoni general-mayor V.T.Obuxov tomonidan qamaldan olib chiqildi.38-tank diviziyasi qoʻmondoni polkovnik S.I.Kapustin 1941-yil 29-sentabrda Roslavl yaqinida asirga olingan.Ikkala tank diviziyasi 1941-yil sentabrda tarqatib yuborildi.
28-iyul kuni Germaniya quruqlikdagi kuchlari bosh shtabi boshligʻi Frans Xalder oʻz kundaligida shunday deb yozgan edi:
„Mogilyov viloyatidagi dushman qoʻshinlari tugatildi.Asirlar va qurollar oʻlja olindi.Bu yerda bizga dushmanning oltita diviziyasi qarshilik qildi“.
Effektlar
GA „Markaz“ning janubiy qanotida muhim kuchlarning toʻplanishi dushmanga zarba guruhlarini kuchaytirishga va 1941-yil iyul oʻrtalarida Roslavl yoʻnalishi boʻyicha hujumni rivojlantirishga imkon bermadi.
Biroq 20-iyulda dushman har qanday yordamdan mahrum boʻlgan sovet qoʻshinlarining qarshiligini sindirdi.
Mogilevning mudofaasini taslim boʻlishi va uni himoya qilgan qoʻshinlarning tor-mor etilishi tez orada general-leytenant Vladimir Kachalovning tezkor guruhini magʻlub etishda muhim rol oʻynagan armiya qoʻshinlarining ozod qilinishiga yordam berdi.
Sanʼatda
Mogilev mudofaasi haqidagi voqealar „Dnepr chegarasi“ (Belarus, 2009) filmi,Yu.N.Ozerovning „Moskva uchun jang“ (1985), shuningdek, „Tiriklar va o'liklar“ filmida tasvirlangan (1964).
Xotira
172-piyoda diviziyasining janglari xotirasiga 1995-yil 9-mayda Buynich maydoni yodgorlik majmuasi ochildi.Muallifi arxitektor Vladimir Chalenko.
„Xotiraga xiyonat qilmaslik“ kitoblari toʻplami Muallif: Sergeev Stanislav
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org