Mogami (Yamagata)
Mogami (yaponcha: 最上町 Mogami-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 29-fevral, 2020-yil holatiga koʻra, shaharchada 2848 ta xonadonda 8441 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km ga 26 kishi toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 330,27 kvadrat kilometr (128 mi²).
Geografiyasi
Mogami Yamagata prefekturasining shimoli-sharqiy togʻlari yaqinida joylashgan. Nomiga qaramay, Mogami daryosi shahardan oʻtmaydi. Bu hudud qishda juda kuchli qor yogʻishi bilan ham mashhur.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Iqlimi
Mogami nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari bilan, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli holati qayd etilgan. Mogami shahrida oʻrtacha yillik harorat 10.3 °C (50.5 °F) ga teng. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,851.8 mm (72.91 in) boʻlib, eng nam oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23.2 °C (73.8 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.3 °C (29.7 °F) boʻlganligi qayd etilgan.
Demografiyasi
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1950-yillarda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan Mogami aholisi oʻshandan buyon umumiy sonining yarmidan koʻproq qismiga kamaygan. Shahar endi bir asr avvalgidan koʻra kamroq aholiga ega.
Tarixi
Sengoku davrida mazkur hudud Oguni qal’asini qurgan Mogami sulolasining nazorati ostida edi. Edo davrida hududning bir qismi Shinjo domenining nazorati ostiga oʻtdi. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Higashi-Oguni va Nishi-Oguni qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan tashkil etilgan. Bu qishloqlar birlashib, 1954-yil 1-sentyabrda Mogami shahrini tashkil qilgan.
Iqtisodiyoti
Mogami ilgari ot boqishdagi ilgʻorligi bilan tanilgan va koʻplab rancholar Yaponiya imperatorlik armiyasining otliq polklarini otlar bilan taʼminlagan. Zamonaviy Mogami iqtisodiyoti koʻplab issiq buloqli kurortlariga, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga bogʻliqdir.
Taʼlim tizimi
Mogami shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi hamda Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.
Transport tizimi
Temir yoʻllar
Sharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Rikuu Sharqiy liniyasi
Magistral yoʻllari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org