Mochevina-formaldegid o‘g‘itlar




Mochevina-formaldegid oʻgʻitlar — sekin taʼsir etuvchi azotli oʻgʻitlar. Zarralariningdiametri 0,5 mm dan kichik boʻlgan oq kukun; uncha nam tortmaydi, mushtlanib qolmaydi. Tarkibida 37—40%, shu jumladan, suvda eriydigan 4—12% azot boʻladi. M.-f.oʻ. azoti boshqa azotli oʻgʻitlarning azotidan tuproqsa sekin minerallashuvi bilan farq qiladi, shu sababli ularni katta dozalarda solish mumkin. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida turli ekinlar (gʻoʻza, choy, mevali daraxtlar)ga asosiy oʻgʻit tarzida qoʻllaniladi (bir necha yil uchun bir marta solinadi).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz