Moai
Moai yoki
moʻai ( /ˈmoʊ.aɪ/<talaffuzi >yoki /ˈmoʊ.aɪ/ MOH-eye ; ispancha: moái ; Rapa Nui.: moʻai adabiy jihatdan ''haykal '' ma'nosini anglatadi ) 1250-1500 yillar oraligʻida Polineziyaning sharqiy qismidagi Rapa Nui (Pasxa oroli) da Rapa Nui xalqi tomonidan oʻyilgan monolit inson figuralaridir. Ularning deyarli yarmi hali ham Rano Raraku ( vulqon kulidan hosil bo'lgan vuqon krateri )da , asosiy moai karer (odatda katta va chuqur bo'lgan , tosh yoki boshqa materiallar qazib olinadigon joy )da, lekin yuzlab moailar u yerdan bu yerga ko'chirilgan va orolning perimetri atrofidagi , ahu deb nomlangan tosh platformalarga o'rnatilgan. Deyarli barcha moailarning boshlari juda katta bo'lib , ular butun haykalning sakkizdan uch qismini tashkil qiladi va figuralarning oyoqlari mavjud emas . Moailar, asosan, ilohiylashtirilgan ajdodlarning ( aringa ora ata tepuna ) tirik yuzlari (aringa ora ) hisoblanadi. 1722- yilda yevropaliklar orolga birinchi bor tashrif buyurganlarida, haykallar hali ham o'z qabila yerlari bo'ylab , ichkariga qarab turardi, ammo ularning barchasi XIX asrning ikkinchi yarmida qulab tushdi. Moai XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida, ehtimol, Evropa aloqalari yoki qabilalararo urushlar natijasida ag'darilgan.
900 dan ortiq haykallarni ishlab chiqarish va tashish ,ajoyib ijodiy va jismoniy jasorat hisoblanadi. Paro deb nomlangan , eng baland moaining balandligi deyarli 10 metr (33 ft)ni va og'irligi 82 tonna ( 81 tonnadan ko'p , 90 tonnadan oz )ni tashkil etadi . Axu Tongarikida o'rnatilgan eng og'ir moai unchalik baland emas , biroq uning og'irligi 86 tonna( 85 tonnadan ko'p , 95 tonnadan oz )ni tashkil etardi . Bitta tugallanmagan haykal, agar tugallangan bo'lganida taxminan 145-165 tonna og'irligi bilan uning balandligi , taxminan 21 m (69 ft)dan baland bo'lar edi .2023- yilgi holatga ko'ra haykallar hali ham topilmoqda .
Eslatmalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org