Måneskin




Måneskin (talaffuzi: Moneskin tarjimasi: Oy nuri) — 2016-yilda Rimda tashkil qilingan italyan rok guruhi. Guruh vokalchi Damiano David, baschi Victoria De Angelis, gitarachi Thomas Raggi va barabanchi Ethan Torchiodan iborat. Guruh dastlab koʻchalarda chiqish qilib, 2017-yilda Italiyaning X Factor isteʼdodlar shousining oʻn birinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallaganidan keyin mashhurlikka erishdilar. To‘rtlik Zitti e buoni qo‘shig‘i bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 2021 da g‘olib bo‘lganidan kegin xalqaro muvaffaqiyatga erishganlar.

Guruh Il ballo della vita (2018) va Teatro d’ira: Vol. I (2021) nomli ikkita studiya albomini chiqaran. Shuningdek, ular Italiya va Yevropa musiqa chartlarida birinchi oʻrinni egallagan bitta mini albom va oʻnta singl chiqardilar. Ular FIMI tashkilotidan 34 ta platina va 7 ta oltin sertifikatlarini qoʻlga kiritgan va Eurovision dan keyingi yutuqlaridan oldin Italiyada bir milliondan ortiq qoʻshiqlarni sotishgan. Oʻsha paytgacha ularning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli italyan singli Torna a casa edi. 2021-yilda Måneskin guruhining Zitti e buoni, I Wanna Be Your Slave va The Four Seasons, Beggin qoʻshiqlari bilan UK Singles Charts xitparadining top 10 taligiga kirgan birinchi italyan rok guruhiga aylangan.

Tarixi



2015-2016: Shakllanishi




Aʼzolar Damiano David, Viktoria De Angelis va Thomas Raggi birinchi marta Rimdagi oʻrta maktabdA oqib yurgan paytlarida bir-biri bilan tanishishgan. Frosinone shahridan boʻlgan Ethan Torchio esa Facebookdagi „Barabanchi kerak“ sarlavhali reklamasi orqali ularga qoʻshilgan. Guruhning kelib chiqishi 2015-yilga toʻgʻri kelishi mumkin boʻlsa-da, 2016-yilda rivojlanayotgan guruhlar uchun mahalliy musiqa tanlovi Pulse uchun guruh roʻyxatdan oʻtishga qaror qilishib guruh uchun nom tanlashlari kerak boʻlganida rasman tashkil qilingan. Guruh nomi haqida bahs ketayotganida aʼzolar yarim daniyalik De Angelisdan dancha soʻzlar aytishini soʻrashagn va ular Måneskin („oy nuri“) nomiga toʻxtalishgan. Pulse tanlovi ham ularning faoliyatida burilish nuqtasi boʻlgan. Musobaqa ularni Felt musiqa klubi va maktabida 200-300 kishi oldida chiqish qilishga olib kelgan va ular sovrinni qoʻlga kiritishgan.

Keyinchalik ular Rimning Colli Portuensi tumani koʻchalarida, shuningdek, Rimning tarixiy markazlarida, shu jumladan Via del Korso koʻchasida buskers sifatida namoyishlar qilishgan. Ularning oʻz shaharlari tashqarisidagi birinchi jonli konsertlaridan biri Faenza shahrida, 2016-yildagi 2016 Meeting of Independent Record Labels da boʻlib uchrashuvda boʻlib oʻtgan. Tadbirga 30 ga yaqin kishi tashrif buyurgan.

Musiqiy uslubi va taʼsirlari



Damiano Davidning soʻzlariga koʻra, guruh „oʻtmish musiqasining zamonaviy tarjimasi“. Måneskin musiqasi pop-rok, alternativ rok, glem-rok va Xard-rok sifatida tasniflangan. Ularning musiqiy uslublari birinchi studiyaviy albomidagi <i>Zitti e buoni</i> qoʻshigʻida koʻrsatilganidek fank taʼsirli pop-rok tovushidan, ikkinchi studiyaviy albomidagi hard-rokga oʻzgargan. Ularning tashqi koʻrinishi va ovozi 70-yillarning rok musiqasi bilan taqqoslanadi. Guruh aʼzolari Led Zeppelin, Fleetwood Mac, Nirvana, Perry Farrell, Radiohead, Franz Ferdinand, David Bowie, Aerosmith, Black Sabbath, Gentle Giant, The Rolling Stones, The Doors, Arctic Monkeys, Red Hot Chili Peppers, Harry Styles, Bruno Mars, R.E.M. va italyan rok guruhlari Marlene Kuntz, Verdena va Afterhours kabi turli xil musiqachilardan ilhomlanadi.

Guruh aʼzolari



 

Diskografiyasi




Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz