Mne kajetsya, chto net




Menga tuyuladi “ („ Seni men unutmayman “ va „ Maktab valsi “ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „1-albom“ nomli studiyaviy albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Tohir Sodiqov yozgan. Qoʻshiqda muallif sevgisi javobsiz qolgani hamda sevgan yorini boshqa koʻra olmasligi haqida kuylaydi.

„Menga tuyuladi“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhi ijro etgan ilk qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiq do major tonnaligida boʻlib, vals oʻlaroq yozilgan. Shuning uchun ham „Maktab valsi“ deb ham nomlanadi. Taronaning „ Mne kajetsya, chto net “ („ Shkolniy vals “) nomi bilan ijro etilgan ruscha versiyasi ham mavjud. Mazkur versiya „1-albom“ga oʻninchi trek oʻlaroq kiritilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz