Məmmədrza Dizə
Mammədrza Dizə (shuningdek,
Mammadrza Diza ,
Memmedrza Dize, 2003-yilgacha
Yeniyol va
Yeniyël ) — Ozarbayjonning Naxchivonida joylashgan Babek tumanidagi qishloq va munitsipalitet. U tuman markazidan 14km shimol, togʻ oldi hududida joylashgan. Aholisi gʻallachilik, sabzavotchilik, parrandachilik va chorvachilik bilan shugʼullanadi. Qishloqda oʻrta maktab, klub, kutubxona, masjid, tibbiyot markazi bor. 494 nafar aholi istiqomat qiladi
Etimologiyasi
Yangiyoʻl (Yangi yoʻl) qishlogʻi sovet hokimiyati yillarida qurilgan va ramz sifatida shunday nomlangan. 2003-yildan buyon qishloq nomi oʻtmishda shu hududda mavjud boʻlgan
Mammədrza Diza nomi bilan rasman roʻyxatga olingan. Bu nom Mammadrza (Mammadrza - shaxs ismi) komponentlaridan tuzilgan va Diza (eroncha eski atama, "qishloq", "qal'a", "qo'rg'on" degan ma'nolarni anglatadi) "Mammadrzaga tegishli qishloq" ma'nosini bildiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org