Müjdat Gezen
Müjdat Gezen (1943-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) – turk teatr aktyori va yozuvchisi.
Shaxsiy hayoti
Müjdat Gezen 1943-yil 29-oktabrda Istanbulda tugʻilgan. U Vefa oʻrta maktabida oʻqigan. Shu maktabda bir umrlik eng yaqin doʻstlari boʻlgan Uğur Dündar va Kemal Sunallar bilan tanishgan. 1960-yilda oʻqishni tugatgandan soʻng Istanbul shahar konservatoriyasining teatr yoʻnalishida oʻqishni davom ettirgan. Uylanganidan soʻng uning Elif Gezen ismli qizi tugʻilgan.
Faoliyati
Oʻrta maktabda oʻqib yurgan paytlarida sheʼriyat va teatrga qiziqa boshlagan. 1960-yilda Istanbul shahar teatrida oʻz kasbi boʻlgan teatr sanʼatini tanlagan. Keyinchalik u turli xususiy teatrlarda oʻz faoliyatini davom ettirgan. 1962-yilda birinchi marta filmda rol oʻynagan. Müjdat Gezen oʻzining birinchi kitobini 1975-yilda yozgan. 1980-yildagi Turkiya davlat toʻntarilishidan soʻng u yigirma kunga qamaladi. Uning shoir Nozim Hikmet haqidagi kitobi Turkiyada bosib chiqarish qatʼiyan taqiqlangan. Shu sababli 1982-yilda oʻzining nashriyot tashkilotiga asos solgan. 1986-88-yillarda Cumhuriyet gazetasida tahrirchi sifatida ishlagan. 1991-yilda Müjdat Gezen Sanat Merkezi (qisqacha MSM) nomidagi badiiy tashkilotga asos solgan. Teatr va musiqa kabi turli sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha shogirdlariga trening mashgʻulotlarni oʻtishni boshlagan. 1998-yilda Müjdat Gezen nomidagi teatr guruhiga asos solgan. 2007-yilda UNICEF tomonidan Turkiyada elchi lavozimiga tayinlangan. 2011-yilda doʻsti Uğur Dündar bilan birgalikda Televizion maktabga asos solishgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilishi
Müjdat Gezen 2018-yilda Uğur Dündar boshchiligidagi teledasturda „oʻz joyingni bil“ degan gapi uchun prezident Recep Tayyip Erdoğanni haqorat qilish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan . U oʻzini himoya qilib: "Bu gapni haqorat sifatida aytmagan edim, chunki bu soʻzlarni Erdoğanni oʻzi ham ishlatar edi, shu bilan birga „oʻz joyingni bil“ soʻzi ham turk lugʻatida haqorat sifatida qayd etilmagan"-deya taʼkidlab oʻzini oqlagan
.
Manbalar
uz.wikipedia.org