Mizanssena
Mizansahna , mizanssena (frans. mise en scene — sahnada joylashish) — spektakl davomida (muay-yan vaqtda) sahnada aktyorlarni joylashtirish, harakatlantirish va oʻzgartirish tartibi. M. voqea ishtirokchilari harakatlarini, ular oʻrtasidagi munosabatlarni va asarning gʻoyaviybadiiy yechimini hal qilishda muhim vosita hisoblanadi. M. rejissyor tomonidan toʻgʻri hal etilsa, spektaklda uygʻunlik, yaxlitlik hosil boʻladi. M. orqali tomosha uslubi, janr xususiyatlari, davr ruhi, tarixiy sharoit hamda asarning rejissyorlik talqini oʻz ifodasini topadi. Aniq M. tanlash jarayoni rassom ishi bilan bogʻliq boʻlib, u rejissyor bilan birgalikda spektaklning maqbul, toʻgʻri yechimini topib, sahna harakati uchun sharoit yaratadi. Har bir M. aktyor tomonidan psixologik asoslangan boʻlib, tabiiy, uzviy holda ifoda etilishi lozim. M. rejissyorlik sanʼatida muhim oʻringa ega, rejissyor uslubini, mahoratini namoyish etuvchi amaliysahnaviy kompozitsiya turidir. Mannon Uygʻur, Toshxoʻja Xoʻjayev, Bahodir Yoʻldoshev, Mansur Rav-shanov, Olimjon Salimoye kabi rejissyorlar M. ustalaridir.
Kinoda M. teatrdagidan farqli oʻlaroq, kinokamera orqali mizankadr (yaʼni kadrlar montaj zanjiriga kiritilib, ekran yuzasida kompozitsiya holatiga keltirilgan tomosha) yaratishning dastlabki sharti boʻlib xizmat qiladi. Kinoda M. ishlab chiqishda rejissyor, rassom va operator hamkorlikda faqat aktyorlarning joylashishi va harakatinigina emas, balki kinoka-meraning harakatdagi yoki turgʻun holati, ishlatilayotgan koʻzgu (obyektiv) turi, suratga olish rakursi, yerugʻlik dinamikasi va boshqalarni hisobga oladi. M. rejissuraning eng muhim unsurlaridan boʻlib, kinoda ham filmning uslubi va janrini belgilovchi asosiy omildir.
Muhsin Krdirov.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mizanssena (fransuzcha "mise-en-scène" so‘zidan olingan) — teatr, kino, televidenie va boshqa sahna san’atlarida sahnadagi barcha elementlarning joylashuvi, kiyimlar, aktyorlarning harakatlari, yorug‘lik, dekoratsiya va umumiy ko‘rinishlarni ifodalovchi tushuncha. Mizanssena sahna ichidagi voqealarning vizual tashkil etilishidir va ishtirokchilarning sahnada qanday joylashishi, ularning harakati, mimikasi hamda atrof-muhit elementlari bilan bog‘liq holatlarni o‘z ichiga oladi.
Mizanssenaning asosiy vazifasi — tomoshabinga ma’noni aniq va samarali tarzda yetkazish, voqea, kayfiyat va xarakterlarni vizual ifodalashdir. Teatrda mizanssena yordamida sahnadagi harakatlar tartibga solinadi, aktyorlar o‘z o‘rinlarini biladi hamda sahna maydonidan to‘g‘ri foydalanish ta’minlanadi.
Kino san’atida mizanssena yanada kengroq ma’noga ega bo‘lib, sahnadagi barcha vizual komponentlar, ya’ni kadr ichidagi aktyorlarning joylashishi, dekor, yorug‘lik, kostyumlar va badiiy uslub birgalikda filmning umumiy estetik ko‘rinishini tashkil qiladi.
Umuman olganda, mizanssena ijodkorlarga sahna yoki kadr orqali voqeani yanada tushunarli, jonli va mazmunli etib ko‘rsatishga yordam beradi. Mizanssenaning yaxshi tashkil etilishi, asarning vizual va emotsional ta’sirini oshiradi va tomoshabinlarni asar olamiga to‘liq singdiradi.