Miyacha chuqur yadrolari




Miyacha markazida oq modda ichida joylashgan toʻrtta miyacha chuqur yadrolari mavjud.

Kiruvchi impulslar



Bu yadrolar miyacha poʻstlogʻidagi Purkinye hujayralaridan ingibirlovchi (GAMKergik) impulslarni va moxsimon tola va koʻtariluvchi tola yoʻllaridan qoʻzgʻatuvchi (glutamatergik) impulslarni qabul qiladi. Miyachadan chiquvchi koʻp tolalar shu yadrolardan chiqadi. Yagona istisno flocculonodular boʻlakdan chiquvchi tolalar miyacha chuqur yadrolarini chetlab oʻtib, toʻgʻri vestibulyar yadrolarda sinaps hosil qiladi. Miya ustunidagi vestibulyar yadrolar miyacha chuqur yadrolari bilan analogik struktura boʻlib, moxsimon tola va Purkinye hujayralaridan impuls qabul qiladi.

Maxsus yadrolar



Toʻrt miyacha chuqur yadrolari, lateraldan medialga qarab: (tishsimon, probkasimon, sharsimon va choʻqqi yadrolari. Ba’zi hayvonlarda, shuningdek odamlarda ham, alohida probkasimon va sharsimon yadrolar yoʻq, ularning oʻrniga birlashib ketgan aralashgan yadro (ing. interposed nucleus) bor. Alohida probkasimon va sharsimon yadrolarga ega hayvonlarda, aralashgan yadro termini odatda shu ikki yadroni birgalikda atash uchun qoʻllaniladi.

Topografiyasi



Umuman olganda, har bir juft chuqur yadrolar miyacha yuza anatomiyasining mos sohalari bilan bogʻlangan.

Tuzilishdagi bu aloqalar, umuman olganda yadrolar va assotsiatsiyalangan miyacha poʻstlogʻI orasidagi neyronal bogʻlanishlarni taminlaydi,

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz