Miya pardasi




Miya pardasi — umurtqali hayvonlar va odamning bosh miyasi hamda orqa miyasini oʻrab turadigan membrana. Biriktiruvchi toʻqimadan iborat. Miya pardasi ustma-ust joylashgan uchta pardadan iborat; qattiq parda — kalla suyagining ichki yuzasiga, umurtqa kanali devoriga (orqa miyada) yopishib turadi va tomirlarga boy; toʻrparda — yupqa va juda koʻp teshikli boʻlib, uning ostidagi boʻshliqlarda tiniq miya suyuqligi (likvor) turadi; tomirl i parda —kontomir va nervlarga boy yupqa parda boʻlib, poʻstloq egatlarining orasiga kirib joylashgan. Parda tomirlari miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz