Miya ko‘prigi




Miya koʻprigi (lotincha: pons) miya ustunining bir qismi va odamlar va boshqa ikki oyoqlilarda oʻrta miyadan pastda, uzunchoq miyadan yuqorida va miyachadan oldinda yotadi.
Miya koʻprigi, shuningdek, Italyan anatomi va jarrohi Costanzo Varolio (1543–75) sharafiga Varoliy koʻprigi (lotincha: pons Varolii) deb ham ataladi. Miya ustunining bu sohasi bosh miyadan miyacha va uzunchoq miyaga tushadigan signallarni oʻtkazuvchi neyral yoʻllar va sezgi signallarini talamusga olib chiquvchi traktlarni ham oʻz ichiga oladi.

Tuzilishi



Miya ustunidagi koʻprik oʻrta miya va uzunchoq miya orasida, miyachaning oldida joylashgan. Miya koʻprigi va uzunchoq miyani ajratib turuvchi soha pastki koʻprik egati (lot. sulcus pontineus inferioris). Yuqorigi koʻprik egati (lot. sulcus pontineus superioris) miya koʻprigini oʻrta miyadan ajratib turadi. Miya koʻprigi ikki qismga boʻlinishi mumkin: miya koʻprigining asosi (ventral pons) va miya koʻprigi tomi (dorsal pons). Koʻprik yuzasidan pastga qarab tushuvchi chiziq bazilyar egat boʻlib, u orqali bazilyar arteriya oʻtadi. Koʻprikning asosiy qismi bazilyar arteriyadan chiquvchi koʻprik arteriyalari orqali qon bilan ta’minlanadi. Miya koʻprigining kichik qismi oldingi va orqa pastki miyacha arteriyasi orqali qon bilan ta’minlanadi.

Odamlarda miya koʻprigi uzunligi taxminan 2,5 sm. Uning asosiy qismi uzunchoq miya ustidagi keng doʻnglik sifatida koʻrinadi. Orqa tomondan, Miyacha oyoqchalari deb ataluvchi ikki juft yoʻgʻon poyadan iborat. Ular miyachani koʻprik bilan (oʻrta miyacha oyoqchasi) va oʻrta miya bilan bogʻlaydi (yuqorigi miyacha oyoqchasi).

Rivojlanishi



Embrional rivojlanish davomida, metencephalon rhombencephalondan rivojlanadi va ikkita strukturaga aylanadi: miya koʻprigi va miyacha. Qanot plastinkasi sensor neyroblastlarni hosil qiladi, ular boʻlsa solitar yadro va maxsus visseral afferent ustunga aylanadi; koxlear va vestibulyar yadro vestibulokoxlear nervning maxsus somatic afferent tolalarini, uch shoxli nervning umumiy somatik afferent ustunini hosil qiluvchi spinal va asosiy uch shoxli nerv yadrolarini va miyacha bilan bogʻlangan koʻprik yadrolarini hosil qiladi.

Bazal plastinka neyroblastlari umumiy somatic efferent tolalarni hosil qiluvchi uzoqlashtiruvchi yadro; maxsus visseral efferent ustunni hosil qiluvchi yuz va harakatlantiruvchi uch shoxli nerv yadrolari va yuz nervining umumiy visseral efferent tolalarini hosil qiluvchi yuqorigi soʻlak ajratuvchi yadroga aylanadi.

Yadrolari




Koʻprikda koʻplab bosh miya nervlari yadrolari mavjud:

Funksiyasi



Ushbu toʻrt bosh miya nervlari (V-VIII)ning funksiyasiga nafas olishni boshqarish, ixtiyorga bogʻliq boʻlmagan harakatlarni boshqarish, eshitish, muvozanat va ta’m bilishda sensor rol va ogʻriq va tegish kabi yuz sezgilari, shuningdek, koʻz harakati, yuz ifodalari, chaynash, yutish kabi harakatlar va soʻlak va ter ajralishi kabilar kiradi.

Miya koʻprigi signallarni old miyadan miyachaga oʻtkazuvchi yadrolardan iborat, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri uyqu, nafas olish, yutish, qovuq boshqariluvi, eshitish, muvozanat, ta’m bilish, koʻz harakati, yuz ifodalari, yuz sezgilari va tana holatida qatnashuvchi yadrolari ham bor.

Miya koʻprigida subparabraxial va medial parabraxial yadrolardan tashkil topgan pnevmotaksik markaz bor. Bu markaz nafas olishdan chiqarishgacha boʻlgan oʻzgarishlarni boshqaradi.

Miya koʻprigi uyqu falaji bilan aloqador va tushlar hosil boʻlishida ishtirok etishi mumkin.

Klinik ahamiyati




Boshqa hayvonlarda



Evolyutsiyasi



Miya koʻprigi birinchi uzunchoq miya retikulyar formatsiyasining shoxi sifatida rivojlangan. Minogalarda miya koʻprigi borligi, uning birinchi agnatanlar paydo boʻlgan 505 million yil avvalgi davrlardan beri uzunchoq miyadan alohida soha sifatida mavjud ekanligi haqida taxmin qilishga asos boʻladi.

Qoʻshimcha rasmlar




Foydalanilgan adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz