MixBit




MixBit  – YouTube asoschilari Steve Chen va Chad Hurley tomonidan yaratilgan video ulashuv xizmati. U 2013-yil 8-avgustda ommaga taqdim etildi. MixBit oʻz foydalanuvchilariga video yaratish imkonini berdi va oʻz davrida Vine va Instagram bilan raqobatlasha oldi. Uning iPhone uchun yaratgan ilovasi 2013-yilning avgust oyida, Android ilovasi esa 2 oydan keyin chiqarildi. MixBit oʻz faoliyatini 2018-yil 21-avgustda toʻxtatgan.

AVOS sistemasi



AVOS Chad Hurley, Steve Chen va Vijay Karunamurti tomonidan asos solingan internet kompaniya edi. 2011-yil iyun oyida AVOS Delicious kompaniyasini, shu yilning may oyida esa Tap 11 ijtimoiy tahlil kompaniyasini sotib oldi. Ammo, 2014-yil may oyida AVOS kompaniyasi Deliciousni Science Inc.ga sotdi.

2012-yilda AVOS foydalanuvchilariga videojurnallar yaratish imkonini beruvchi Zeenni ishga tushirdi. Lekin, Zeenning faoliyati 2013-yilda toʻxtatiladi. 2014-yilda AVOS MixBitda ishlaydigan yagona kompaniyaga aylandi.

MixBit keyinchalik InvoiceOwl tarkibiga kirdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz