Mixal Kadlets
Mixal Kadlec (talaffuzi: Mixal Kadlets; 1984-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Chexiyaning 1. FC Slovácko klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Avvalroq Sparta Prague, Bayer va Fenerbahçe klublarida oʻynagan.
Kadlec 2007-yilda milliy terma jamosi safida debyut qilgan. Chexiya terma jamoasi bilan 69 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgan. 2012- va 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida himoya qilgan.
Ilk faoliyati davri
Kadlec 1984-yilda Vyškov shahrida tugʻilgan. Otasi Miroslav Kadlec 1990-yilda 1. FC Kaiserslauternga qoʻshilgandan soʻng, oilasi bilan Germaniyaga Kaiserslautern hududiga koʻchib oʻtgan. Kadlec bir yildan keyin maktabga borishni boshlagan. Grundschuleda oʻqigandan soʻng gimnaziyaga bordi.
1998-yilda Kadlecning otasi FK Drnovice bilan shartnoma imzoladi va Chexiyaga qaytib keldi.
Klublardagi faoliyati
Kadlec professional faoliyatini Slováckoda boshlagan va Banik Ostravaga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2005-yilda Sparta Praguega oʻtdi.
2013-yilning 14-iyunida 4,5 million yevro evaziga Fenerbahçega kelib qo‘shildi
Xalqaro faoliyati
2007-yil 17-noyabrda Kadlec Chexiya terma jamoasi safida Slovakiyaga qarshi o‘yinga chaqirildi. 3:1 hisobidagi g‘alabali oʻyinda avtogol urdi. Ilk golini 2008-yil 30-may kuni Shotlandiya ustidan qozonilgan g‘alabada (3:1) kiritdi.
2012-yilning 16-iyunida Yevropa chempionatida Polshaga qarshi o‘yinda Kadlec so‘nggi soniyalarda boshi toʻp yoʻliga toʻganoq boʻldi va Chexiyaning turnir chorak finalidagi o‘rnini saqlab qolishga hissa qoʻshdi. Zarba darvozabon Petr Čechdan oʻtib ketgandi va gol urilgandek koʻrigandi.
Homiylik
2013-yil 11-iyulda EA Sports Kadlec FIFA 14 ning Chexiya muqovasida jahon yulduzi Lionel Messi bilan birga suratga tushishini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
30-iyul, 2021-yil
Yutuqlari
Klub
Sparta Prague Fenerbahçe Manbalar
uz.wikipedia.org