Mixail Ziro
Michał Żyro (talaffuzi: Mixail Ziro; 1992-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning I liga vakili Wisła Kraków klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Avvalroq Polshaning Legiya Warshaw, Korona Kielce, Pogoń Szczecin, Stal Mielec, Piast Gliwice va Jagiellonia Białystok, shuningdek, Angliyaning Wolverhampton Wanderers va Charlton Athletic klublarida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Żyro 13 yoshida Varshavaning Legia yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 17 yoshida klubning professional jamoasi tarkibiga oʻtdi. Jamoada olti yil oʻyadi va 96 uchrashuvda 13 ta gol urdi.
24-dekabr kuni Wolverhampton Wanderers bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi. 2-yanvar kuni transfer oynasi qayta ochilganda klubga rasman kelib qoʻshildi.
Wolverhampton safida 2016-yilning 9-yanvarida Angliya kubogi doirasida West Ham Unitedga qarshi bahsda debyut qilgan. 2016-yilning 12-yanvarida Fulhamga qarshi o‘yinda (3:2) ham ilk golini urdi, ham dubl qayd etdi. Żyro Cardiff Cityga qarshi oʻyinda „boʻrilar“ safidagi uchinchi golini urdi, ammo klub 1:3 hisobida magʻlub boʻldi. Koʻp oʻtmay, boldiridan jarohat oldi va olti haftagacha safdan chiqdi. 6-aprel kuni, jarohatdan qaytganidan koʻp oʻtmay, Żyro Milton Keynes Dons himoyachisi Antony Kayning bilan toʻqnashib tizzasini sindirib oldi. 16 oyga safdan chiqdi. Nihoyat, deyarli 17 oydan soʻng, 2017-yil 23-avgustda EFL kubogi doirasida Southamptonga qarshi safarda maydonga qaytdi (2:0).
2018-yilning 22-yanvarida Charlton Athletic jamoasiga ijara asosida o‘tdi. 2018-yil 31-avgustda Pogon Shchecinga ijaraga oʻtdi.
Żyro 2019-yilning 28-iyunida Korona Kielcega 1 yillik shartnoma asosida kelib qo‘shildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
12-may, 2019-yil holatiga koʻra
Shaxsiy hayoti
Żyroning ukasi Mateusz (1998-yilda tugʻilgan) ham professional futbolchi.
Manbalar
uz.wikipedia.org